Линклар

Rossiya telekanallari Qrimda avval Ukraina telekompaniyalari tomonidan foydalanilgan chastotalarda o‘z ko‘rsatuvlarini namoyish qila boshladi. Bu yerda Ukraina telekanallari efirini to‘lqin orqali tarqatish butunlay to‘xtatilgan.

Hozir “Rossiya-24” va “Zvezda” harbiy telekanali "Chornomorka" teleradiokompaniyasi va STB o‘rniga chiqayapti. Shuningdek, Beshinchi kanal o‘rnini TNT, “Inter” o‘rnini esa NTV ko‘rsatuvlari egallagan.

Bu borada o‘zini o‘zi saylab olgan Qrim rasmiylari tomonidan hozircha biror rasmiy izoh berilgani yo‘q.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ekstremal tsenzura deb atalgan bu holatga, ommaviy axborot vositalari va matbuot markazlarining yopilishi hamda jurnalistlarga hujum qilish va ularni tahqirlashga chek qo‘yishga chaqirdi.
XS
SM
MD
LG