Линклар

O‘zbekistonda maxsus ruxsatsiz xorijga chiqolmaydigan mansabdorlar ro‘yxati e‘lon qilindi


Chetga ruxsatnoma bilangina chiqa oladigan o‘zbekistonlik mansabdorlar ro‘yxati prezident I. Karimov qarori bilan tasdiqlangan.

Chetga ruxsatnoma bilangina chiqa oladigan o‘zbekistonlik mansabdorlar ro‘yxati prezident I. Karimov qarori bilan tasdiqlangan.

O‘zbekistonda ayrim davlat amaldorlari endilikda xorijga faqat mamlakat prezidenti, Vazirlar mahkamasi va prezident devonining tegishli xizmatlaridan maxsus ruxsatnoma olganidan keyingina chiqa oladilar.

Chet elga maxsus ruxsatnoma bilangina chiqa oladigan amaldorlar ro‘yxati O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risi”dagi qarori bilan tasdiqlangan.

5 mart kuni imzolangan bu hujjat mansabdor shaxslarning chet mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish, xizmat safarlari samaradorligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligini ta‘minlash va davlat sirlarini saqlash maqsadida qabul qilingani aytilmoqda.

Qarorda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi qonunida davlat siri yoki harbiy sir bo‘lgan ma‘lumotlar bilan ishlayotgan yoki ishlagan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari o‘zlarining yozma roziliklari asosida cheklanishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
XS
SM
MD
LG