Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:07

Futbol: "Bunyodkor" Toshkentda "Al Jaish"ga qarshi o‘ynaydi


Bugun, 11 mart kuni Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turida Qatarning “Al Jaish” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

“Paxtakor” stadioniga ko‘chirilgan o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi. Stadion o‘zgarishi tufayli chiptalar qaytatdan chop etilib, bugun “Paxtakor” stadioni kassalarida sotuvga chiqishi aytilmoqda.

Uchrashuvda toshkentliklar oq, qatarliklar esa to‘q qizil rangli formada maydonga tushishadi.

Murabbiy Mirjalol Qosimov yetakchilik qilgan “Bunyodkor” jamoasi Osiyo chempionlar ligasining “B” guruhidan joy olgan. 1-tur uchrashuvlaridan so‘ng guruhdagi jamoalarda bittadan ochko bor.
XS
SM
MD
LG