Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:29

Futbol: "Bunyodkor" Toshkentda "Al Jaish"ga mag'lub bo'ldi


Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi 11 mart kuni Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turida Qatarning “Al Jaish” jamoasi bilan bellashdi. "Paxtakor" standionida o'tgan o'yin 1:2 hisobida mehmonlar foydasiga yakunlandi.

Uchrashuvdagi hisob o'yinning 34-daqiqasida qatarliklar hujumchisi Nilmar tarafidan ochildi. 69-daqiqada esa Nilmar dubl muallifiga aylanib, hisobni 0:2 ga yetkazi.

"Bunyodkor"ning raqib darvozasiga urgan yagona goliga esa o'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalarda Bahodir Pardayev mualliflik qildi.



Shunday qilib, "Bunyodkor" klubi ikki turdan so'ng bir ochko to'plagan holda "B" guruhida uchinchi egallab turibdi.

19 mart kuni Toshkentda o'tadigan 3-tur uchrashuvida Mirjalol Qosimov shogirdlari to'rt ochko bilan guruhda ikkinchi borayotgan Eronning "Fulad Xuziston" klubi bilan kuch sinashadi.
XS
SM
MD
LG