Линклар

Rossiyadagi 3 milliondan ortiq o‘zbek mehnat muhojirlarining aksari qurilishlarda ishlaydi. Ayni paytda, Rossiyadagi o‘zbek muxojirlari orasida noyob kasb hunarlarni egallayotganlari ham borligini ko‘rish mumkin. Kinotasvirchi¸ grimchi¸ morg ishchisi¸ kaskader... Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin. Bu ro‘yxatda qadimiy fohishalik kasbi ham borligini ko‘ramiz.

Sankt-Peterburg gazetalarida o‘zbek muhojirlari uchun "oromli rohatbahsh dam" taklif qilingan e‘lonlarni uchratish mumkin. Qizig‘i shundaki¸ pushti rang yurak tasviri ilova qilingan bu e‘lonlardagi "oromli rohatbahsh dam" kalimasi o‘zbekcha yozilgan.

Rossiyadagi G‘ayrat ismli muhojirning Ozodlikka aytishicha¸ bunday o‘zbekcha e‘lonlarni avtobus bekatlarida ham uchratish mumkin.

G‘ayratning aytishicha, bu e‘lonlarda o‘zbek qizlarining tanasi targ‘ib qilinadi.

O‘zbek ayollarining chet elda fohishalik bilan shug‘ullanayotgani hech kimni hayratga solmasligi mumkin.

Lekin o‘zbek erkagining fohishalik bilan pul topayotgani yangilik. Bu o‘zbekistonlik erkak fohishaga bir oyda 15 nafar o‘zbek ayoli mijoz bo‘lganini hisobga olsak¸ hikoyamizning ahamiyati yana ortadi.

Hikoyamiz qahramoni 24 yoshda¸ u Farg‘ona vodiysidan. "Ismimni Mansur deb aytaveringlar" dedi suhbatdoshimiz. Mansurning ijtimoiy tarmoqlardagi laqabi “Asalcha”.

Qaxramonimiz Moskvaga yaqin shaharchalardan birida ochilgan fohishaxonaning yagona erkak fohishasi.

“Asalcha” ko‘chada ayol kishi tarzida kiyinadi. Boshida parik. Yasama kiprik¸ uzun va jimjimador ulamatirnoq. Lablar bo‘yalgan¸ pardoz-andoz¸ upa-elik¸ pedikyur manikyur xizmatlaridan mukammal foydalanganini aytadi suhbatdosh.

Bir moskvalik sohibjamol qanday bashang kiyinsa, Mansur ham shunday kiyinadi.

Mansur Ozodlik bilan suhbatni o‘z kasbiy faoliyatiga oid tafsilotlar bilan boshladi:

- Mana hozir bir yarim yildan beri shu ish bilan shug‘ullanaman. Bu yerda tojik millatiga mansub opamiz bor, qo‘shmachi opamiz, shuning kvartirasida turaman. Mendan tashqari yana to‘qqizta qizlar ham turadi. O‘shalar bilan birga nima qilaman. Faqat opamiz kliyent topgan paytida borib, o‘sha mijozning, erkak kishi yoki ayol kishining xizmatini qilamiz. Ko‘proq men ayol kishi bilan bo‘laman. Endi jinsiy aloqa vaqtida ayollar bilan bo‘laman. Ayollar ko‘proq aktiv hamto‘shak bo‘ladi men bilan. Endi qanday tushuntirsam ekan? Bu yerda ko‘proq yasama jinsiy olat sotiladi, strapon deyiladi nomi, o‘sha straponni taqib men bilan jinsiy aloqa qilishadi.

Ozodlik: Ko‘pmi bunaqa ayollar?

- Ha, bu yerda ko‘p. Mahalliy rus yoki boshqa millatlar kelib, o‘zimizning o‘zbek ayollar, qizlar ham topiladi.

Ozodlik: Demak, mijozlaringiz orasida o‘zbek ayollari ham bo‘lgan.

- Ha, bo‘lgan. Erkaklar ko‘proq inostran erkaklar. Ozarbayjon, tojik, arman, gruzin, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz – shunga o‘xshash.

Ozodlik: Demak, orasida o‘zbeklar ham bor.

- Ha, bor.

Ozodlik: Bir oyda nechta o‘zbekka xizmat ko‘rsatasiz?

- Bir oyda 15-20ta bo‘ladi.

Ozodlik: 15-20 ning hammasi o‘zbekmi?

- Ha. O‘zimizning o‘zbek erkaklar bilan¸ ko‘proq o‘zimizning o‘zbek qizlar bilan munosabatda bo‘laman. Erkak kishiga 1500 haq qo‘ygan bo‘lsa, ayol kishi yoki qizlarga 800 rubldan qo‘ygan. Erkak kishi bilan aloqa qiladigan bo‘lsam, 1500 rubl, agar qizlar bilan bo‘ladigan bo‘lsam, 800 rubl.

Ozodlik: Demak, ayollar bilan arzonroq-a?

- Ayollar bilan arzonroq. Shuning uchun shu qiziqishga nima qilib, strapon degan narsa har xil razmeridan bo‘ladi. O‘sha qizlar keladi yoki banyada, saunada dam olgan vaqtlarda taqilishi mumkin. Ana o‘shanda borib nima qilamiz. Borib men o‘zim xizmat ko‘rsatishim mumkin. Ikkita yoki uch kishi bir bo‘lib taqiladi bir soatga yoki 2 soatga. Ular bilan birga dam olib nima qilishim mumkin.

Ozodlik: Doimiy mijozlaringiz ham bormi?

- Bizda doimiy mijoz bo‘lmaydi. Faqat shu opamizda bo‘ladi. O‘sha opamizga aytadi “mana shu joyga mana shu odam borsin” deb. Internet orqali gaplashib nima qilganda “menga faloncha kelsin” deb aytiladi. Oxranamiz bilan birga olib borib nima qiladi. Bir soat bo‘lsa bir soatga, ikki soat bo‘lsa ikki soatga. Oxranamiz o‘sha yerda qarab turadi. Oxrana ustimizda emas, tashqarida turadi. Bizga shu kliyent topib, ta‘minlab turadi. Bitta mijoz bilan bo‘lish 1500 rubl. 1500 rubldan qo‘limizga 900 rubl beradi. 600 rublni opamizning o‘zi oladi. 600 rubldan 100 rubl kvartira haqiga, yemoq-ichmoqqa deb oladi. 500 rubl o‘zining ishlab topgan puli.

Ozodlik: Bir kunda nechta mijozga xizmat ko‘rsatasiz?

- Bir kunda bitta yoki ikkita erkak mijozga, beshta yoki oltita ayol mijozga xizmat ko‘rsataman. Boshida ko‘proq erkaklarga xizmat qilish yoqardi. Endi hozir ayollarga, hozir endi nimasi yo‘q, o‘rganib bo‘lganman. Erkak ham, ayol ham farqi yo‘q¸ deydi suhbatdosh.


Kichkinaligimda ayollar kiyimini kiyishni yaxshi ko‘rganman

Mansur islomiy an‘analar hurmat qilinadigan muhofazakor zehniyatli Farg‘ona vodiysida o‘sib ulg‘aydi. Hali 7 yoshida ekanida ota-onasi ajrashib ketishdi. Mansur katta opasi va onasi bilan birga yashadi.

Mansur o‘smirligida opasining kyimlarini kiyib, o‘zini toshoynaga solib ko‘rganida o‘z ichida geylikka moyillik borligini sezdi.

- Opamning kiyimlarini qiziqishga kiyib ko‘rib, atir-upalarini sepib ko‘rib, pomadalar qo‘yib yurdim. Birov majbur qilib nima qilmagan. O‘zimning xohishim, o‘zimning qiziqishim bilan shunday bo‘lgan. 19 yoshimda kirdim bu yo‘lga. Qizlar kiyimlarini kiyib¸ pastdagi klub¸ barda bolalar blan ko‘rishib, qiziqishga bolalar bilan o‘pishib, nima qilib ko‘rdim. Undan keyin 18 yoshimda Rossiyaga keldim maktabni bitirganimdan keyin. Shu bilan kelib, bu yerdagi sharoitlarni ko‘rib, qiziqish yana ham ustunlik qilib, shunday yo‘lga kirdim¸ deb gapiradi Mansur.

Suhbatdoshning aytishicha¸ O‘zbekistondagi muxofazakor muxit uni ochiq tarzda gey bo‘lishiga imkon bermagan.

Mansur geylarga munosabat O‘zbekistonga qaraganda sal erkinroq bo‘lgan Rossiyada o‘z jinsiy moyilligiga uyg‘un hayot tarzini yashayotganini aytadi.

Mansurning ilk hamto‘shagi ham rus yigiti bo‘ldi.

- Birinchi kliyentim rus bola bo‘lgan. U bilan qo‘shni turardik. Men bitta xonada, u boshqa xonada turardi. U bilan gaplashib, nima qilib, qayerga bo‘lsa birga borib nima qilardik. Misol uchun aylangani chiqsak, boshqa joyga ko‘p vaqtimiz birga bo‘lardi. Shu bilan u aytgan “Agar, bunaqa bo‘ladi. Unday bo‘lsa, bunday bo‘ladi” degan. U o‘rgatgan. Ayol kishining vazifasini bajaraman. O‘ris yigit bilan ikki-uch oy birga bo‘ldik. O‘ris yigit meni oral va anal seksga o‘rtatdi. Keyin o‘zim ko‘chada mustaqil yurib, bolalar bilan yoki qizlar bilan birga bo‘lib, nima qildim. Mana hozir 24 yoshga kirayotgan bo‘lsam, aprelda 24 yoshga to‘laman, u xohish opamning kiyimini kiyib o‘rganganimdan xolos. Agar u paytda Rossiyaga kelmaganimda, yo‘qolib ketgan bo‘larmidi. Endi esa men bu narsaga o‘rganib bo‘ldim¸ der ekan Mansur o‘zining gey ekanligini ta‘kidlaydi.

- Ha, shu yo‘lga o‘tganman. Polniy qiz bola kiyimda yurib, faqat ozgina yuz tuzilishimdan o‘g‘il bola ekanligim bilinishi mumkin. Kechqurun birortasi ko‘rib nima qiladigan bo‘lsa, o‘g‘il bola deb o‘ylamaydi. Men bu narsaga o‘rganib bo‘ldimda¸ degan Mansur boshqa o‘zbek o‘smirlariga o‘z taqdirini ravo ko‘rmaydi.


Mansur jinsini o‘zgartirish uchun pul yig‘moqda

Qaxramonimiz Moskvaga yaqin shaharchalardan birida ochilgan fohishahonaning yagona erkak fohishasi bo‘lib umrbod qolib ketishni istamaydi.

Pul yig‘ib jinsimni o‘zgartirmoqchiman deydi suhbatdosh:

- Fohishaxonada men bilan birga bir samarqandlik yigit ham fohisha bo‘lib ishlar edi. U pul yig‘ib jinsini o‘zgartirish uchun Turkiyaga ketdi. Turkiyada erkakni ayolga aylantirish bo‘yicha jarrohlik amaliyoti 6 ming yetti yuz dollar turar ekan. Hamkasbim ana shu pulni yig‘ib Turkiyaga ketdi. Nasib qilsa, men ham shuncha pulni yig‘sam Turkiyaga borib jinsimni o‘zgartiraman¸ birato‘la ayolga aylanaman, deydi Moskvaga yaqin shaharchalardan birida ochilgan fohishaxonaning yagona erkak fohishasi¸ o‘zbekistonlik Mansur.
XS
SM
MD
LG