Линклар

Sochida o‘tayotgan qishki Paralimpiada o‘yinlarida qatnashayotgan o‘zbekistonlik chang‘ichi Ramil Gayazov 13 mart kuni o‘tgan slalom musobaqasidan diskvalifikatsiya qilindi.

O‘zbekistonlik sportchining bellashuvdan chetlatilishiga nimalar sabab bo‘lgani hozircha noma‘lum.

28 yoshli Ramil Gayazov 15 mart kuni o‘tadigan gigant slalom bellashuvlarida ham qatnashishi kerak.

Eslatamiz, Sochida 16 martgacha davom etadigan qishki Paralimpiada o‘yinlarida O‘zbekistondan ikki sportchi qatnashmoqda.

Ikkinchi o‘zbekistonlik paralimpiadachi, 47 yoshli snoubordchi Yevgeniy Slepov musobaqalarga bugun kirishishi kutilmoqda.

Paralimpiada musobaqalari nogiron va jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar uchun eng yirik xalqaro sport tadbiridir. Qishki Paralimpiada o‘yinlari 1976 yildan beri o‘tkazib kelinadi.
XS
SM
MD
LG