Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:32

Obama: Qrim referendumini xalqaro hamjamiyat tan olmaydi


AQSh prezidenti Barak Obama.
AQSh prezidenti Barak Obama.
AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yakshanba kuni o‘tkazilgan telefon suhbati chog‘ida Qrimdagi referendum hech qachon xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmasligini aytdi.

Qrimning rossiyaparast rasmiylari yakshanba kuni sanalgan 50 foiz saylov byulletenlari bo‘yicha saylovchilarning 95,5 foizi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz berganlarini bildirganlar.

Kremlь matbuot xizmatining ma‘lum qilishicha, Putin kechagi suhbat paytida Obamaga Qrimdagi referendum qonuniy bo‘lganini aytgan hamda Ukraina hukumati mamlakatdagi rusiyzabon aholiga nisbatan amalga oshirilayotgan zo‘ravonlikni bartaraf qilmayotganidan xavotir izhor qilgan.

Dushanba kuni Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari 16 mart kuni Qrimda o‘tkazilgan referendumni nolegitim, deya qoralab, rossiyalik amaldorlarga doxil mablag‘larni muzlatish va ularga nisbatan viza cheklovlari joriy qilish-qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Vilyam Heyg yakshanba kungi referendumni “haqiqiy demokratik protseduralarning ustidan kulish”, deya baholagan.
XS
SM
MD
LG