Линклар

logo-print
Malayziya rasmiylari 10 kun muqaddam bortidagi 239 nafar odami bilan yo‘qolib qolgan Boeing-777 samolyotini qidirish ishlarida 25 ta davlat ishtirok etayotganini ma‘lum qildilar.

Rasmiylarning yakshanba kuni jurnalistlarga bildirishlaricha, Malayziya hukumati Malaysia Airlines shirkatiga qarashli samolyotni topishda yordam so‘rab, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Pokiston, Hindiston, Xitoy, Frantsiya va AQSh kabi mamlakatlarga murojaat qilgan.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, rasmiylar samolyot yo‘lovchilari, ekipaj a‘zolari hamda Boeing-777 samolyotiga xizmat ko‘rsatgan boshqa xodimlarning anketa ma‘lumotlarini tekshirmoqdalar.

Kecha Malayziya politsiyasi mazkur samolyotning ikki uchuvchisi uylarida tintuv o‘tkazgan.

Politsiyaga ko‘ra, Kuala Lumpur–Pekin yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilayotgan samolyot havoga ko‘tarilishidan bir soat o‘tib, aloqa tizimi ataylab o‘chirilgan.

Malayziya bosh vaziri Najib Razaq sun‘iy yo‘ldosh orqali olingan ma‘lumotlar samolyot aloqa tizimi o‘chirilganidan so‘ng yo‘nalishini o‘zgartirib, yetti soat parvoz qilganini ko‘rsatganini ma‘lum qildi.

Bu esa ekipaj a‘zolari o‘z ixtiyori bilan yoki kimnidir tahdidi ostida aloqa vositalarini o‘chirgan, degan farazlarni keltirib chiqarmoqda.
XS
SM
MD
LG