Линклар

Jizzax shahri markaziy ko‘chalarida zabardast chinorlar kesilmoqda.

Shaharliklarning aytishlaricha, so‘nggi bir necha kun ichida yuzdan ziyod daraxtga bolta urilgan.

Kesilgan daraxtlar o‘rniga archa ko‘chatlari qadalmoqda. - Uch kun ichida shahar markazi ochiq dalaga aylantirildi, - deb bildirdi jizzaxlik Odiljon.

So‘nggi yillarda poytaxt Toshkent va viloyatlar ma‘muriy markazlarida zabardast chinorlar chopildi. 2009 yilda Toshkentning Amir Temur maydonidagi asrlik daraxtlarning kesilishi atrof – muhit himoyachilari tanqidiga uchragan edi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG