Линклар

Putin Qrim respublikasini tan olish to‘g‘risida farmon imzoladi


18 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 15:00 da Vladimir Putin Qrimning Rossiyaga qo‘shilish haqidagi murojaati masalasida chiqish qilishi kutilmoqda.

18 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 15:00 da Vladimir Putin Qrimning Rossiyaga qo‘shilish haqidagi murojaati masalasida chiqish qilishi kutilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 17 mart kuni “Qrim Respublikasini tan olish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot xizmati xabar qiladi.

“Qrim xalqlarining 2014 yil 16 martida bo‘lib o‘tgan umumqrim referendumidagi xohish-irodasini e‘tiborga olib, Sevastopolь shahri maxsus maqomga ega bo‘lgan Qrim Respublikasi suveren va mustaqil davlat o‘laroq tan olinsin”, deyiladi Putin farmonida.

Farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kirishi qayd etilgan.

Bugun Moskva vaqti bilan soat 15:00 da Vladimir Putin Qrimning Rossiyaga qo‘shilish haqidagi murojaati masalasida chiqish qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainaning Qrim Muxtor mintaqasi mustaqillik e‘lon qilib, Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish uchun rasman ariza bergan. Mazkur qaror yakshanba kungi referendumda qatnashgan qrimlik saylovchilarning 96,8 foizi Ukrainadan ajralib chiqish uchun ovoz berishi ortidan qabul qilingan. Qrim parlamenti dushanba kungi sessiyada mazkur qarorni ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilgan.

Referendum Ukraina hukumati va g‘arb davlatlari tomonidan noqonuniy, deya rad qilingan.
XS
SM
MD
LG