Линклар

Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi Ukrainaga qarashli Qrim yarimorolining Rossiya tomonidan bosib olinishiga javoban Rossiya amaldorlari va ukrainaliklarga nisbatan sanktsiyalar joriy qildi.

AQSh Prezidenti Barak Obama sanktsiyalar Ukraina suverenitetini buzish uchun mas‘ul bo‘lgan 11 shaxs, jumladan Rossiyaning yetti va Ukrainaning amaldoriga nisbatan mulk va moliyaviy aktivlarni muzlatishga doir sanktsiyalar joriy qilinganini e‘lon qildi.

- Bugun Rossiyaga bosimni kuchatirishga qaratilgan hamda Ukrainada ro‘y berayotgan voqealar uchun mas‘ul bo‘lganlarga nisbatan choralarni e‘lon qildim. Birinchidan, ikki hafta avval imzolangan ijro buyrug‘iga binoan, Ukraina suverniteti, hududiy yahlitligi va hukumuatiga daxl qilganlik uchnu mas‘ul aniq shaxslarga nisbatan sanktsiya joriy qilyapmiz, dedi Oq uy rahbari.

Prezident Obama, Qrimda yakshanba kuni o‘tkazilgan refrendum xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmasligini yana bir bor eslatdi.

- Kecha prezident Putinga aytganimdek, Qrimdagi referendum Ukraina konstitutsiyasi va xalqaro qonunning qo‘pol buzilishi bo‘ldi va u xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmaydi, dedi Obama.

AQSh prezidenti “provokatsiyalar davom etadigan” bo‘lsa, qo‘shimcha jazo choralari qo‘llanishidan ogohlantirdi.

Dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 22.01dan kuchga kiradigan AQSh prezidenti qaroriga ko‘ra, sanktsiyalarga tortilgan yetti rossiyalik orasida Rossiya Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko, prezident yordamchisi Vladislav Surkov, preziyent maslahatchisi Sergey Glazyev va bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Rogozinga tegishli mulk va mablag‘lar muzlatib qo‘yiladi.

Bundan tashqari Rossiya Davlat dumasi deputatlari Yelena Mizulina va Leonid Slutskiy hamda Federatsiya kengashi vakili Andrey Klishaslarga qarashli mol-mulk ham tortib qo‘yiladi.

AQSh "qora ro‘yxatiga" tushgan ukrainaliklar orasida Qrim Bosh vaziri Sergey Aksenov, Qrim Oliy kengashi raisi Vladimir Konstantinov, Ukraina hokimiyatidan quvilgan prezident Viktor Yanukovich va "Ukraina tanlovi" harakati yetakchisi Viktor Medvedchuklar bor. Ba‘zi ma‘lumotlarga ko‘ra, Medvedchuk prezident Vladimir Putinga yaqin shaxslardan biri hisoblanadi.

Dushanba kuni Yevropa Ittifoqi ham Qrimning bosib olinishi va refrendum o‘tkazilishi uchun mas‘ul Rossiya va Ukrainadan bo‘lgan 21 nafar amaldorga nisbatan sanktsiya joriy qildi.

Bryusselda dushanba kuni o‘tkazilgan uch soatlik majlisdan keyin qabul qilingan sanktsiyalarga viza cheklovi va moliyaviy aktivlarning muzlatilishiga doir jazo choralari kiradi.

Litva Tashqi ishlar vaziri Linan Linkevichus o‘z Twitter sahifasida yaqin kunlar ichida qo‘shimcha sanktsiyalar kiritilishini ma‘lum qildi.

Kuzatuvchilarning taxmin qilishlaricha, Yevropa sanktsiyalari Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin bo‘lgan nufuzli amaldorlarga ham joriy qilinishi mumkin.
XS
SM
MD
LG