Линклар

Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston huquq-tartibot tuzilmalari kuchaytirilgan tarzda xizmat o‘tashga kirishdi.

Xabarlarda aytilishicha, Toshkentga kirish va chiqish yo‘llarida militsiya xodimlari avtomobillarni diqqat bilan tekshirmoqda. Toshkentda militsiya xodimlari ko‘paygani kuzatilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Navro‘z bayrami munosabati bilan profilaktika ishlari olib borilgani va poytaxtda 16 mingdan ortiq xonadon tekshirilgani haqida ma‘lumot tarqatgan edi.
XS
SM
MD
LG