Линклар

Rossiya Federal migratsiya xizmati mamlakat hududida 2 million 342 ming 884 nafar o‘zbekistonlik ro‘yxatga olinganini bildirdi.

Ma‘lumotda aytilishicha, 2014 yilning 3 mart kunidagi holatga ko‘ra, Rossiyada yashayotgan markaziy osiyoliklar orasida eng ko‘pi O‘zbekiston fuqarorlaridir.

Rossiyada 1 milliondan ko‘proq tojikistonlik, 566 ming qozog‘istonlik, 525 ming qirg‘izistonlik va 25 ming turkmianistonlik rasman ro‘yxatga olingan.

Rossiyadagi markaziy osiyoliklarning umumiy soni qariyib 4,5 million kishini tashkil qiladi. Biroq norasmiy ma‘lumotlarda Rossiyada kamida 5 million o‘zbek muhojiri borligi aytiladi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG