Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:36

OChL: "Bunyodkor" o'z uyida yana g'alaba qozona olmadi


"Bunyodkor" futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi bellashuvi doirasida Toshkentda o'tgan uchrashuvda Eronning "Fulad" jamoasi bilan durang o'ynadi.

19 mart kuni Toshkentning "Paxtakor" stadionida o'tgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Uchrashuvdagi hisobni o'yinning 74-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Abdulloh Karimiy ochib berdi. "Qaldirg'ochlar" esa o'yin asosiy vaqtida qo'shib berilgan daqiqalardagina javob golini ura oldilar. Golga Vohid Shodiyev mualliflik qildi.



Shunday qilib, murabbiy Mirjalol Qosimov shogirdlari uchinchi tur o'yinidan so'ng 2 ochko bilan 2014 yilgi Osiyo Chempionlar ligasining "B" guruhida uchinchi o'rinda borishmoqda.


Jamoalar ("B" guruhi) O' G' D M GN Ochko
Al Jaish (Qatar) 3 1 2 0 2-1 5
Fulad Xuziston (Eron) 3 1 2 0 2-1 5
Bunyodkor (O'zbekiston) 3 0 2 1 2-3 2
Al Fotih (Saudiya Arabistoni) 3 0 2 1 0-1 2


"Bunyodkor" Toshkentda o'tayotgan OChL o'yinlarida ketma-ket omadsizlikda yuz tutmoqda. Stadion.uz nashriga ko'ra, jamoa o'z uyida o'tkazgan so'nggi yetti OChL uchrashuvida g'alaba qozona olmadi.

4-tur uchrashuvida "Bunyodkor" jamoasi Eronda "Fulad" mehmoni bo'ladi. O'yin 1 aprel kuni Ahvaz shahrida bo'lib o'tadi. Toshkentliklar sardori Xayrullar Karimov sariq kartochkalari soni ikkitaga yetgani tufayli ushbu o'yinni o'tkazib yuboradi.
XS
SM
MD
LG