Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:56

Qrim tatarlari Rossiya fuqaroligini olishga majburlanmoqda


Qrim tatarlari majlisi o‘z vatandoshlarini ukrain pasportlarini saqlab qolishga chaqirmoqda. Rossiya Davlat Dumasi Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shilganini e‘lon qilishi ortidan yarim orolda yashovchi aholiga Rossiya pasportlarini berish boshlangan. Ayrim qrimliklar Rossiya fuqaroligini olishni istamay, Ukraina g‘arbiga yo‘l olmoqda.

Qrim aholisining taqriban 17 fozini tashkil etuvchi qrim tatarlarning ko‘pchiligi Rossiya fuqaroligini olishni istamayotganliklarini aytishadi.

Qrim tatarlari majlisi o‘z vatandoshlarini ukrain pasportini saqlab turishga chaqirmoqda.

Qrim tatarlari majlisi a‘zosi Ramzi Ilyosov Ozodlik bilan suhbatda qrimliklar rus fuqaroligini olishga majburlanayotgani haqida gapirdi.

- Ayrim hududlarda fuqarolarimizni Rossiya fuqaroligini olishga majburlashayapti. Boshqa joylarda "endi nima qilamiz", degan gaplar aytilayapti. Biz vatandoshlarimizni bu haqda ortiqcha tashvishlanmasdan, ukrain pasportlarini saqlab turishni tavsiya etyapmiz. Chunki, Rossiya pasportini olgan bilan ular Ukraina fuqaroligini yo‘qotishmaydi, - dedi Ramzi Ilyosov.

Qrim aholisining 20 foizini tashkil etuvchi qrim tatarlarining ko‘pchiligi o‘zlarini hozir ikki o‘t orasida qolganday his qilmoqda. Lekin ularning ko‘pchiligi Qrimdan ketish niyati yo‘qligini aytishadi.

-Bu yer vatan. Ruslar kuch bilan bu yerni bosib oldi. Ukrainani qo‘lidan hech narsa kelmayapti. Biz Ukraina tarkibida qolishni istayotgan edik. Hozir juda yomon ahvolga tushib qoldik. Lekin bu yerdan ketish niyatimiz yo‘q, - deydi 42 yashar simferopollik Davron.

Ayni paytda Rossiya pasportini olishni istamay, Ukraina g‘arbiga yo‘l olayotgan qrimliklar ham ko‘p.

- Lьvovda qarindoshlarimiz bor. Ular yoniga ketyapmiz. Bu yerda qolish farzandlarim uchun xavfli, -deydi ikki farzandi bilan Ukraina g‘arbiga otlangan qrimlik tatar Farida.

Dunyo hamjamiyati ham Qrimni Rossiyaga qo‘shib olinishi bo‘yicha o‘tkazialgn referendumni noqonuniy deb e‘lon qilgan.

Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi Qrimni anneksiya qilgan Rossiyaga qarshi sanktsiya qo‘lladi.

Kiyev hukumati Qrimni hali ham o‘z hududi deb biladi va Rossiyani o‘z hududiy suverenitetini buzganlikda aybladi.

Juma kuni Kiyevda BMT Bosh kotibi bilan uchrashgan Ukrainaning muvaqqat prezidenti Aleksandr Turchinov Qrimni Roossiya ishg‘olidan qutqarish uchun o‘z hukumati bor imkoniyatni ishga solishi haqda ta‘kidladi.

Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk esa Kiyev hukumati qrimliklarni hali ham ukrain fuqarolari, deb hisoblashini aytdi.

Kiyev va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar tarangligacha qolar ekan, Ukraina hukumati Qrim sobiq Bosh vaziri Sergey Aksyonov va parlament raisi Vladimir Konstantinovga qarshi qidiruv e‘lon qilgan.

Aksenov va Konstantinov Ukrainada davlat to‘ntarishi va hokimiyatni egallab olishda ayblanmoqda.
XS
SM
MD
LG