Линклар

Madridning "Real" futbol klubi 23 mart kuni Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida o'z uyida ashaddiy raqibi "Barselona" jamoasini qabul qildi. Murosasiz va gollarga boy kechgan uchrashuv 3:4 hisobida kataloniyalik mehmonlar foydasiga yakunlandi.

Uchrashuvdagi hisob 7-daqiqada "Barsa" yarim himoyachisi Inyesta tarafidan ochildi. "Real" hujumchisi Benzema qisqa vaqt ichida dubl ijro etib, tablodagi hisobni 2:1 ga yetkazdi.

44-daqiqada esa Lionel Messi raqib jarima maydoni ichida turib Diyego Lopes qo'riqlagan darvoza burchagini aniq nishonga oldi. Hisob tenglashdi - 2-2. 55-daqiqada Xerardo Martino shogirdalri FIFA tarafidan o'tgan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Krishtianu Ronalduga nisbatan jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatishdi. Penaltini xatosiz ijro etgan Ronaldu "Real"ni hisobda oldinga olib chiqdi - 3:2.

O'yinning 65-daqiqasida "Real" himoyachisi Serhio Ramosga kataloniyaliklarning braziliyalik hujumchisi Neymarni jarima maydoncha ichida yiqitgani uchun qizil kartochka ko'rsatildi. Penalti, Messi va hisob 3:3.

Bir o'yinchi kam qolgan "Real" hujumchilari 84-daqiqada o'z darvozasi oldida Inyestaga nisbatan qo'pollik ishlatishga majbur bo'lishdi. Yana penalti va bu safar ham Messi Lopesga imkon qoldirmadi. Uchrashuv 3:4 hisobida "Barsa" g'alabasi bilan yakunlandi.


"Barsa"ning "Real" ustidan qozongan g'alabasi jamoalar o'rtasidagi tavofutni bir ochkogacha kamaytirdi.

Ayni damda "Real Madrid" jamoasi 70 ochko bilan Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinni hisobida 70 ochko bo'lgan, biroq gollar nisbati bo'yich "Real"dan ortda borayotgan "Atletiko" egallab turibdi. "Barsa" 69 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.

23 mart kuni "Real" darvozasini uch marta ishg'ol etgan Lionel Messi "El Klasiko" to'purarlari ro'yxatida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Argentinalik shu kungacha "Real" darvozasiga 21 ta gol urgan. "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisobida 13 ta gol bor.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG