Линклар

logo-print
Malayziya Bosh vaziri Najib Razak sun‘iy yo‘ldoshdan olingan yangi ma‘lumotlar ikki hafta avval radarlardan yo‘qolgan Malayziya samolyoti Hind Okeanining janubiy qismida qulagani va bortidagi yo‘lovchilardan hech kim omon qolmaganini ko‘rsatmoqda, deya ma‘lum qildi.

Malayziya havo yo‘llari shirkati samolyotning 239 yo‘lovchisi yaqinlariga MH370 reysidagilarning barchsi “halok bo‘lgani va hech kim omon qolmagani”ni bildirdi.

8 mart kuni Kuala Lumpurdan Pekinga uchib ketayotgan paytda radarlardan g‘oyib bo‘lgan Malayziya samolyotini qidirish ishlarida ikki haftadan beri bir necha davlat qatnashayotgan edi.

Bosh vazir Razakning aytishicha, bedarak yo‘qolgan samolyotning taqdiriga doir ma‘lumotlarni Britaniya havo halokatlarini tergov qilish bo‘limi taqdim etgan.

Xitoy va Avstraliya qidiruv samolyotlari dushanba kuni Hind Okeani janubida samolyotning bo‘laklari deb taxmin qilingan ob‘ektlarni topgan edi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG