Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:51

Ucell kundalik abonent to‘lovini bir sentga ko‘tarmoqda


Ucell uyali aloqa operatori 4 apreldan boshlab oltita tarif rejalarida belgilangan kundalik abonent to‘lovi bir sentga qimmatlashini bildirdi.

Shirkat veb saytida ma‘lum qilinishicha, 4 apreldan boshlab “Erkin suhbat”, “Oddiy”, “GAP”, “Yanada ko‘p suhbat”, “Onlayn” hamda “Oson hisob” tariflarining kundalik abonent to‘lovi 4 sentni tashkil etadi.

Ushbu tarif rejalarida abonent to‘lovi 2013 yilning yanvarida 2 sentdan 3 tsentga oshirilgan edi.

O‘zbekiston prezidenti mamlakat konstitutsiyasi e‘lon qilingan kun munosabati bilan 6 dekabrь kuni qilgan chiqishida hozir mamlakatda 19 million odam uyali aloqa xizmatidan foydalanayotgani, har bir oilaga o‘rtacha uchtadan qo‘l telefoni to‘g‘ri kelishini aytgan edi.

Hozir O‘zbekistonda to‘rtta uyali aloqa operatori faoliyat yuritmoqda. Beeline va Ucell operatorlari GSM standartida, Perfectum Mobile va Uzbekistan Mobile operatorlari SDMA standartida xizmat ko‘rsatmoqda.
XS
SM
MD
LG