Линклар

Shvetsiya bosh prokuraturasi O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovani TeliaSonera telekom kompaniyasidan 350 million AQSh dollari miqdorida pora olganlikda gumon qilmoqda.

Dushanba kuni Stokholmda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Shvetsiya Bosh prokuraturasining korruptsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Gunnar Stetler TeliaSonera shirkati ustidan borayotgan tergovda gumonlanayotganlar ro‘yxatini kengaytirish to‘g‘risida sudga bildirishnoma topshirilganini bayon qildi.

- Gulnora Karimova biz tergov qilayotgan poraxo‘rlikka aloqadorligini ko‘rsatuvchi yetarli dalillar bor, dedi shved tergovchisi.

Shvetsiya tergovchilari TeliaSonera shirkati katta miqdordagi porani O‘zbekiston bozoriga kirish va u yerdagi sho‘‘basi Ucell mobil operatori faoliyati uchun tegishli litsenziyalarni qo‘lga kiritish evaziga bergan, deya gumon qilmoqda. TeliaSonera va Gulnora Karimova bilan bog‘liq jinoyat ishlari Shvetsiya va Shveytsariyadan tashqari Frantsiya, Hollandiya, Latviya va AQShd ham tergov qilinmoqda.

Shu oy boshrog‘ida Hollandiya bosh prokuraturasi Rossiya va Norvegiyaga qarashli O‘zbekistondagi Beeline mobil operatori egasi Vimpelcom shirkati ustidan tergov boshladi. Hollandiya tergovchilari bosh qarorgohi Asmterdamda joylashgan Vimpelcom bilan birga TeliaSonera-ni ham tergov qilmoqda.

Hollandlar bilan parallel tarzda AQSh Adliya vazirligi va Qimmatbaho qog‘ozlar va birja operatsiyalari bo‘yicha komissiyasi ham Vimpelcom, TeliaSonera hamda Rossiyaning MTS shirkati ustidan taftish boshladi.
XS
SM
MD
LG