Линклар

logo-print
Ispaniyaning "Barselona" futbol klubi hujumchisi Lionel Messi 2014 yilda dunyodagi eng katta maosh oladigan futbolchiga aylanishi mumkin.

Bu haqda "Marca" nashriga "Barsa" prezidenti Xose Mariya Bartomeu ma'lum qildi. Klub prezidentiga ko'ra, 2014 yilning yoz oylarida argentinalik futbolchiga yangi shartnoma taklif etiladi.

- Biz Messining eng yuqori maosh oladigan futbolchi bo'lishini istaymiz. Hozircha tafsilotlarini ayta olmayman. Ayni damda mavsumni tugatish haqida o'ylayapmiz, keyin ko'ramiz, - dedi Bartomeu.

"Forbes" nashri hisob-kitobiga ko'ra, 26 yoshli Messi 2013 yilda soliqlardan tashqari 10 million yevrodan ko'proq maosh olgan. Bu esa "Real Madrid" hujumchisi Krishtianu Ronaldo maoshidan to'rt million yevropga ozdir.

Eslatamiz, "Barselona"ning 26 yoshli argentnalik hujumchisi Lionel Messi 2009-2012 yillarda qatorasiga to'rt marta FIFA tarafidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Aytib o'tish joiz, taniqli sportchilar oylik maoshlaridan tashqari reklama, bonus va boshqa tijoriy shartnomalar orqali ham katta daromad oladi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG