Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:19

Ucell aloqa operatori 15 apreldan ayrim xizmat turlari narxini oshiradi


O‘zbekistondagi Ucell uyali aloqa operatori ayrim xizmat turlarining narxi oshishini e‘lon qildi.

15 apreldan boshlab Ucell ning avvaldan pul to‘langan “Erkin suhbat”, “Oddiy”, “GAP”, “Oson hisob”, “Yanada ko‘p suhbat”, “Do‘stlar orasida”, “VIP” tizimlari tariflarida qabul qilingan va jo‘natilgan ma‘lumotning 1 Megabayti 10 sentni tashkil qiladi.

Shu kungacha ushbu aloqa xizmatlari narxi 8 sent edi.

Ayni paytda, 15 apreldan “Oddiy” nomli tarif rejasining O‘zbekiston bo‘yicha ayni tarmoqdagi bir daqiqalik muloqoti hamda SMS jo‘natish narxi 1 sent o‘rniga 2 sent bo‘ladi.

Ucell ko‘rsatayotgan boshqa xizmat turlarining narxi hozircha o‘zgarmaydi.

4 aprel kuni Ucell operatori ayrim boshqa xizmat turlarining narxini oshirgan edi.
XS
SM
MD
LG