Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:47

O‘zbekiston bojxonachilari 13 yarim mingdan ziyod noqonuniy diniy adabiyotlarni musodara qildi


2014 yil boshidan beri O‘zbekiston Bojxona xizmati xodimlari 13600 dan ziyod diniy adabiyotlar mamlakatga noqonuniy kirib kelishining oldini oldi.

Mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra, Toshkentdagi “Glavpochtamt” idorasida tekshiruv o‘tkazgan bojgirlar xorijda yashayotgan shaxslar O‘zbekiston fuqarolariga pochta jo‘natmalari orqali diniy xarakterdagi adabiyotlarni yuborishga urinishini ko‘p aniqlagan.

O‘zbekiston hududiga diniy xarakterdagi adabiyotlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mahsus hulosasini berganidan keyin olib kirish mumkin.

Ushbu tartibga rioya qilmagan tashkilot yoki shaxslar javobgarlikka tortiladi.

Diniy ekstremizmni targ‘ib qiluvchi videomateriallar kontrabandasida ayblanib O‘zbekistonda qo‘lga olingan qozog‘istonlik Yermek Qo‘smag‘ambetov 2012 yil iyulida besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
XS
SM
MD
LG