Линклар

Bo'sh vaqtida rassomlik bilan shug'ullanuvchi AQSh sobiq prezidenti kichik Jorj Bush o'tgan hafta o'zi chizgan dunyo liderlari portretlarini keng ommaga namoyish etdi.

Dallasdagi prezidentlik muzeyida ochilgan ko'rgazmada AQShning 43-prezidenti uchrashgan dunyo rahbarlari suratlari o'rin olgan.

Namoyishga qo'yilgan suratlar orasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Chexiya sobiq prezidenti Vatslav Gavel, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler, Afg‘oniston prezidenti Hamid Karzay. Germaniya kantsleri Angela Merkel va boshqa liderlar portretlari ham bor.


O‘z qizi Jenna Bush-Xeyjerga bergan televizion intervyuda sobiq prezident o‘zining “buyuk rassom” deb hisoblamasligini, biroq, o'zida “yashirin Rembrandt” yashashini bildirgan.

Kichik Jorj Bush 2001-2009 yillari AQSh prezidenti lavozimini egallab kelgan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG