Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 13:18

Sevara Nazarxon "Shanson" mukofotini oldi


So‘nggi bir yil davomida Rossiya sahnalarida chiqish qilayotgan o‘zbekistonlik xonanda Sevara Nazarxon shanba kuni "Shanson" mukofotini olishga sazovar bo‘ldi.

Shanson radiosi muxlislari yil davomida eng yaxshi xonanda uchun ovoz berib kelishdi. Yig‘ilgan ovoz natijalariga ko‘ra Sevara ham eng yaxshi xonandalardan biri deb topilgan.

Sevara O‘zbekistonda taqiq qo‘yilgan 11 xonandaning biri ekani aytib kelinadi. Keyingi yillarda o‘zbek sahnalarida ko‘rinmayotgan Sevara o‘z ijodini Rossiyada sinab ko‘rmoqda.

Sevara rossiyalik xonandalarga mo‘ljallangan bir qancha loyihalar, jumladan, "Golos" loyihasida ham ishtirok etdi.

Toshkentdagi “Sideris” guruhida qaddini rostlagan Sevara Nazarxon keyinchalik bu guruhni tark etib, yakkaxon xonanda sifatida faoliyat boshladi.

Sevara Nazarxon britaniyalik musiqachi Piter Gabriyel bilan birgalikda kuylab, albom chiqargan.

2005 yilda BBC Music Awards tanlovida qatnashgan Sevara Nazarxon “Osiëning yaxshi ijodkori”, degan nominatsiyada mukofot olgan edi.
XS
SM
MD
LG