Линклар

logo-print
Google shirkati o'ziga qarashli YouTube xizmatiga Turkiyada to'siq joriy etilishiga javoban mamlakat sudiga shikoyat bilan murojaat qildi.

Shirkat advokatlari hukumatning sud qarorisiz amalga oshirilgan ushbu harakati qonunga zid ekanini Anqara shahri ma'muriy sudi va mamlakat konstitutsion sudida isbotlashmoqchi.

Mart oyi ohirida Turkiya telekommunikatsiyalar departamenti mamlakat hududida YouTube videoxostingiga to‘siq qo‘ygani e'lon qilgan edi.

Departament tarqatgan ma‘lumotda aytilishicha, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan mana shunday chora ko‘rilishini talab qilgan.

Turkiya matbuotining yozishicha, YouTube saytida Suriyada harbiy amaliyotlar o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilayotgan yuqori lavozimli turk amaldorlarining suhbatlari joylashtirilgani mana shunday chora ko‘rilishiga sabab bo‘lgan.

Avvalroq, 21 martda, Rajab Toyyib Erdo'g'on yetakchiligidagi Turkiya hukumati Tvitter mikroblogging xizmatiga to'siq qo'ygan edi.

Erdo'g'on ushbu xizmat muxolifat tarafidan hukumatga qarshi hujum vositasi sifatida qo'llanilayotganini ro'kach qilgandi.

Shunga qaramay, ommabop mikroblogging xizmatiga nisbatan qo'yilgan to'siq aprel oyi boyisha Turkiya Konstitutsiyaviy sudi tarafidan olib tashlandi.

Kuzatuvchilarga ko'ra, hukumat tarafidan qo'yilgan to'siq Turkiyada Tvitter xizmatining yanada ommalashishiga sabab bo'lgan. 81 million aholisi bor Turkiyada tahminan 10 million tvitterchi borligi aytiladi.
XS
SM
MD
LG