Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:42

Andijonda gaz balloni o‘rnatilgan Neksiya portlashidan ikki kishi jarohatlandi


2013 yili Samarqand viloyatida ham gaz o'rnatilgan Neskiya mashinasi portlagan edi
2013 yili Samarqand viloyatida ham gaz o'rnatilgan Neskiya mashinasi portlagan edi
7 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 19.30 larda Andijon shahrida metan gaz balloni o‘rnatilgan Neksiya avtomobili portlashi oqibatida ikki odam jarohatlandi.

Voqea guvohlarining Ozodlikka aytishlaricha, portlash natijasida Neksiya bo‘laklarga ajralib ketgan.

Portlash oqibatida mashina haydovchisi va uni yonida bo‘lgan hamrohi jarohatlangan.

- Shofyor va mashina ichida bo‘lgan yana bir odam tirik qoldi. Mashina parchalanib ketdi. Militsiya yo‘lga odamlarni o‘tkazmayapti, - deydi voqea guvohlaridan biri.

Voqea joyiga Andijon shahar IIB rahbariyati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tezkor otryadi va prokuratura xodimlari yetib kelishgan.

Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasining ismini ochiqlamagan xodimlaridan biri gaz ballonli Neksiya mashinasi portlashi yuzasidan surishtiruv olib borilayotganini aytdi.

- Andijon shahrining Toshkent ko‘chasida ketayotgan mashina o‘z-o‘zidan portlab ketgan. Gaz ballondan utechka bo‘lgan, degan taxmin bor. Mashinani gaz balloni “bang” degan - otvorgan. Lekin hech kimga jiddiy shikast yetmadi. Hozir surishtiruv ketyapti, - dedi Andijon shahar IIB xodimi.

Gaz ballonli mashinalarning O‘zbekistonda portlashi tez-tez ro‘y berib turadi. Ichki ishlar boshqarmasi ma‘lumotiga ko‘ra, bu Andijonda so‘nggi to‘rt ichidagi gaz ballon portlashi bilan bog‘liq ikkinchi holatdir.

- Ikkinchi marta bo‘lishi. To‘rt oy oldin bir bo‘lgan. Endi mana bunisi ikkinchi holat. Avvalgisida ham hech jabr ko‘rmagandi, - dedi IIB xodimi.

Portlamasligiga hech kim kafolat bermaydi

O‘zbekistonda benzin tanqis va qimmatligi bois ko‘pgina yengil mashinalar, shuningdek, avtobus va yuk mashinalari allaqachon gaz bilan yurishga o‘tib olishgan.

Benzinning qimmatligi sababli ko‘pchilik avtomobillariga gaz ballon o‘rnatish uchun bir necha million so‘mni ayashmayapti.

- Hozir gaz ballon o‘rnatish bir yarim million so‘m atrofida bo‘lyapti. O‘zimizni Namanganda o‘rnatib berishyapti. Uzog‘i bilan bir yilda chiqarib olasiz. Benzin qimmat, gaz uch baravar arzonga tushyapti,- deydi namanganlik haydovchilardan biri Normurod.

Lekin gaz ballon o‘rnatilgan mashina xavfli. O‘zbekistonda bunday mashinalar avariya payti portlab ketishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar ko‘p bo‘lgan.

Namangan shahrida ishlab chiqarilgan siqilgan gazga moslangan va 10 yilga kafolat berilgan gaz balonlari bir yilga yetmasdan portlamoqda.

Andijonda portlagan Neksiya mashinasiga ham gaz baloni Namanganda o‘rnatilgani tahmin qilinmoqda.

Namanganda mashinalarga gaz baloni o‘rnatish bilan shug‘ullanadigan Igor Nazarovning Ozodlikka aytishicha, aslida portlamaslik kafolatini Namanganda hech kim bermaydi.

--Bizda garantiya 6 oy. Bundan ortiq garantiyani Namanganda sizga hech kim bermaydi. Bu olti oy ichida portlamaydi, degani emas. Har narsa bo‘lishi mumkin. Boshqalar bir oy ham garantiya bermaydi. Balonni o‘rnatadi, ketaver, deydi. Bizda hammasi sifatli. Shunga yarasha hizmat ham bizda qimmat. Hozir odamlar qayerda arzon bo‘lsa, o‘sha yerga yugiradi. Shunning uchun portlashlar ko‘p bo‘ladi. Hayot-momot masalasi ko‘pchilik uchun ohirgi o‘rinda, - deydi Igor Nazarov.

Andijonlik taksi haydovchisi Normurod aka ko‘proq pul topaman deb, mashinasiga gaz baloni o‘rnatib olgan.

- 10 yilga deb garantiya berishadi, uch oyga ham yetmay portlayapti. Xitoyniki ham besh yilga tortadi, - deydi namanganlik haydovchi Normurod.

Gaz balloni portlashi bilan bog‘liq eng dahshatli hodisa o‘tgan yil sentyar oyida Toshkent shahrining Qo‘yliq bozori yaqinida ro‘y bergandi.

O‘shanda ham Neksiyaga o‘rnatilgan gaz balloni portlagan va mashinadagi to‘rt kishi halok bo‘lgan edi.

-Portlashlar nima uchun bo‘ladi, chunki sifatsiz balon o‘rnatishadi. Koreyaniki sifatli, deyishadi. Lekin, Koreyaniki ham sifatsiz. O‘zimizni Namangandagi zavodda ishlab chiqarilayotgan, litsenziyalangan balonlar yaxshiroq. Endi qanday o‘rnatilishiga va qanday foydalanishga ham bog‘liq. Noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ham portlash bo‘lishi mumkin, - deydi namanganlik gaz balon ustasi Igor Nazarov.

Bunday hodisalarning kelgusida oldini olish maqsadida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi rasmiylari barcha haydovchilarga o‘z avtomobillarining holatini, xususan, o‘rnatilgan gaz ballonlarini tez-tez tekshirib borishni tavsiya qilgan.
XS
SM
MD
LG