Линклар

logo-print
“Atletiko” futbol klubi 9 aprel kuni o‘z uyida “Barselona”ni mag‘lub etib, 2014 yilgi Yevropa Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘yinda kiritilgan yagona golga uchrashuv 5-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Koke mualliflik qildi.

Chorak finalning “Kamp Nou”da o‘tgan dastlabki uchrashuvida jamoalar o‘rtasida 1:1 hisobida durang qayd etilgan edi.

Chempionlar ligasi yarim finalining to‘rtinchi ishtirokchisi Myunxenda aniqlandi. ChLning amaldagi chempioni “Bavariya” klubi “Manchester Yunayted” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.

Jamoalar o‘rtasida “Old Trafford”da o‘tgan chorak finalining dastlabki uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlangan edi.

Shunday qilib, 2014 yilgi Chempionlar ligasi yarim finalida “Real Madrid”, “Chelsi”, “Atletiko” hamda “Bavariya” klublari bellashadi.

Yarim final bellashuvlari 22-30 aprel kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.
XS
SM
MD
LG