Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:27

Ўзбекча Википедиянинг "Биометрик паспорти" яроқсиз бўлиб чиқди


Ўзбекистонда авиа ва темир йўл чипталарини оддий (“эски”) паспортларга расмийлаштириш муддати жорий йилнинг 1 июлигачагина қилиб белгилаб қўйилгани туфайли шу кунда кўпчиликнинг “пайтавасига қурт тушган”. Ўзбекистондан келаётган хабарларга қараганда, паспорт берувчи идоралар олдида турнақатор навбатлар кундан кунга узаймоқдаки, OzodWiki Ўзбекча Википедиядан бугун “Биометрик паспорт” деган мақолани излади.

Биз қизиққан мавзуга бағишланган мақола ўта қисқа бўлиб чиқди:





Wiki-экспертимиз Нодир Отаев мазкур Wiki-битик тўғрисида қуйидаги матнни ёзиб жўнатди:

O’zbekcha Vikipediyaning Biometrik pasport haqidagi maqolasi juda qisqa. Bu maqola Abdulla logini bilan tahrir qiluvchi foydalanuvchi tomonidan 2011-yil avgust oyida yaratilganidan beri tahrir qilinmagan. Inglizcha va Ruscha Vikipediyalardagi biometrik pasport haqidagi maqolalar boʻlsa ancha uzun.

Oʻzbekcha Vikipediyada qisqa boʻlsa ham bu mavzuda maqola mavjud. Qoʻshni xalqlarning Vikipediyalarida boʻlsa bu mavzuda umuman maqola yoʻq. Xususan Qirgʻizcha Vikipediyada maqola yoʻqligining sababi bu mamlakatning hozircha biometrik pasportga oʻtish niyati yoʻqligi bilan bogʻliq boʻlsa kerak. Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻistonda boʻlsa biometrik pasportlar berila boshlaganiga ancha boʻlgan boʻlsa ham shu mavzuda maqola yoʻqligi juda qiziq hol.

Oʻzbekcha Vikipediyadagi biometrik pasport haqidagi maqola keyingi 30 kun ichida 103 marta oʻqilibdi. Bu uncha yuqori koʻrstatkich emas. Agar maqola yaxshilansa balki koʻproq odam oʻqiy boshlaydi. 2013-yilning 4-choragida Vikipediya sahifalarini ochgan Oʻzbekistonliklarning 82.5 foizi Ruscha Vikipediyadan foydanlanganidan kelib chiqib hozir Oʻzbekistonliklar biometrik pasport haqida maʼlumot olish uchun asoson Ruscha Vikipediyadagi maqolani oʻqiyotganini taxmin qilish mumkin.


Қуйидаги жадвалда Ўзбекча Википедиянинг биометрик паспорт тўғрисидаги мақоласига кейинги 30 кун ичида қилинган ташрифлар сони келтирилган.

Wiki-эксперт Нодир Отаев билан бугунги мавзу юзасидан ўтказилган суҳбатни тингланг:
Узр, лекин бу хизмат ҳозирча ишламайди
XS
SM
MD
LG