Линклар

O‘zbekiston FIFA e‘lon qilgan milliy terma jamoalarning mart oygi jahon reytingida ikki pog‘ona yuqorilab, 53-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

O‘tgan oyda ochkolari soni 12 taga oshgan O‘zbekiston Osiyo davlatlari orasidan hamon 3-o‘rinni egallab turibdi. Osiyo reytingida birinchi o‘rinni Eron, ikkinchi o‘rinni esa Yaponiya egallagan.

Jahon reytingining birinchi uchtaligida sezilarshi o‘zgarish yuz bermadi - birinchi Ispaniya, ikkinchi Germaniya, uchinchi Portugaliya. Oldingi reytinga 3-o‘rinda bo‘lgan Argentina bu safar uch pog‘ona pastlab, 6-o‘rinni egalladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O‘zbekiston dadillik bilan birinchilikni saqlab qolmoqda. Qo‘shni mamlakatlarga FIFA reytingi birinchi yuztaligiga kirish nasib etmadi – Qozog‘iston 118, Tojikiston 133, Qirg‘iziston 147, Turkmaniston 156.

O‘zbekistonning FIFA reytingida egallagan eng yuqori pog‘onasi 2006 yil noyabrь oyiga to‘g‘ri keladi. Unda terma jamoamiz jahon reytingida 45-o‘rinni egallagan edi.

FIFA reytingi har oyda yangilanib turiladi. Reytingning to‘liq jadvali bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG