Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:02

OzodWiki O‘zbekcha Vikipediyaga tashriflarni 300%ga oshirdi


Ozodlikning OzodWiki loyihasi doirasidagi birinchi eshittirishi e‘tiboringizga joriy yilning 6 fevralida havola qilingan edi. Wiki-ekspertimiz kuni kecha loyihamiz O‘zbekcha Vikipediyaga bo‘lgan qiziqishning oshishiga turtki bo‘la oldimi, degan savol javobini izladi. Natija quvonchbaxshdir. Yanvarda, ya‘ni OzodWiki loyihasi ish boshlamay turib, O‘zbekcha Vikipediya bosh sahifasi 20 368 marta ko‘rilgan bo‘lsa, martga kelib bosh sahifaga qilingan tashriflar soni 56 274 ga yetdi!

Wiki-ekspertimiz Nodir Otayev O‘zbekcha Vikipediyaga tashriflar statistikasini o‘rganib chiqqach, quyidagi hisobotni OzodWikiga taqdim etdi.

Nodir Otayev

Vikimedia jamg‘armasi saytlaridan olingan statistikani ko‘rib chiqib, Ozodlikning OzodWiki loyihasi O‘zbekcha Vikipediyada ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘layapti, deb taxmin qilish mumkin.

Bu o‘zgarishlarning barchasi faqat OzodWiki eshittirishi ta‘sirida bo‘lyapti, deb ta‘kidlay olmasakda, lekin tashriflar dinamikasidagi keskin o‘zgarish aynan shu loyiha doirasidagi eshittirishlar boshlanganidan so‘ng yuz bergani faktdir.

Bu hodisa mana bu jadvalda yaqqol ko‘rinib turibdi.


Jadvalda ko‘rib turganingizdek, joriy yilning 20 martidan boshlab O‘zbekcha Vikipediyaning bosh sahifasiga qilingan tashriflar soni keskin o‘sa boshladi.
Yanvarda bosh sahifa umumiy hisobda 20 368 marta ko‘rilgan bo‘lsa, fevralda 21 022 marta ko‘rildi.

Martga kelib bosh sahifaga qilingan tashriflar soni 56 274 ga yetdi! (Qiyoslash uchun: 2013 yil martida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni 20 403 martani tashkil qilgan edi.)

Bu o‘sishga, albatta, OzodWiki eshittirishi ta‘sir ko‘rsatgani ehtimoldan xoli emas.

Endi OzodWikining mavzuga oid savollariga Wiki-ekspert Nodir Otayevning javoblarini tinglang:
XS
SM
MD
LG