Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:50

“NTV” va "Rossiya" telekanallari qovun tushirdi


Rossiyaning “NTV” va "Rossiya" telekanali orqali efirga berilgan lavhalar "qahramoni" bo‘lgan bir kishi ham ukrain radikali, ham shu radikallardan azob ko‘rgan jabrdiyda sifatida paydo bo‘ldi.

40 yashar Andrey Petkov bir kunda Rossiyaning ham “NTV” ham "Rossiya" telekanallari efirga uzatgan lavhalar qahramoniga aylandi.

Har ikki lavhada Ukrainaning Nikolayev shahridagi rossiyaparastlar va ukrain millatchilari o‘rtasidagi 7 aprel kungi to‘qnashuvlar haqida gap boradi.

"NTV" kanali lavhasida Petkov Ukrainadagi benderovchilarning xorijlik instruktori sifatida intervyu beradi.

Rossiya kanali syujetida esa shu benderovchilardan jabr ko‘rgan rossiyaparast namoyishchi sifatida gavdalanadi.

Eng qizig‘i har ikki lavhada qahramonning ismi Andrey Petkov, deb tilga olinadi.

"NTV" kanaliga ko‘ra, Petkov 20 yil avval Germaniyaga hijrat qilgan, yaqinda esa u rossiyaparastlarga qarshi harakatlarni tashkillashtirish uchun Ukraina janubidagi Nikolayev shahriga kelgan.

"Rossiya" kanalida esa Petkov nikolayevlik mahalliy rossiyaparast, u shahar maydoniga Kiyevning "radikalchilar"dan iborat hukumatiga norozilik bildirish uchun borgani aytiladi.

Kim ekan u Petkov?

"NTV" telekanali lavhasida Petkov “ukrain millatchilari”ning xorijlik yollanma instruktori.
U Germaniyadan Ukrainadagi “O‘ng sektor” harakatini qo‘llab quvvatlash, ularni rossiyaparastlarga qarshi tayyorlash, shikast yetkazish amallarini o‘rgatish uchun 500 ming yevro miqdorida pul va maxsus kiyim –bosh olib kelganini aytadi.

- Maydon uchun pul olib keldim, 500 ming yevro. 50ta komplekt kiyim bosh ham bor,- deydi Petkov "NTV" jurnalistiga.

Rossiya telekanali efirga bergan Nikolayevdagi to‘qnashuvlar haqidagi syujetda esa Petkov, aksincha, "O‘ng sektor"chilardan jabr ko‘rgan antimaydonchi rolida.

"Rossiya" kanalining lavhasi janob Petkovning "O‘ng sektor"chi radikallar tarafidan kaltaklangani voqeasi bilan boshlanadi.

Lavhada Petkov Ukraina hukumatiga noroziligini bildirish uchun Nikolayev shahri markaziga kelgani va radikallar uni kaltaklaganini iddao qilinadi.

"40 yoshli Petkov yana yarim yilgacha yurolmaydigan bo‘lib qoldi. Hozir u operatsiyaga tayyorlanmoqda. 7 aprel kuni u Ukrainaning yangi hukumati faoliyatidan noroziligini ochiq bildirish uchun markaziy maydonga kelganida radikallarning hujumiga uchraydi", - deydi kadr ortidan gapirgan "Rossiya" telekanali muxbiri.

Keyin kadrda kasalxonada yotgan, krovatiga Georgiy lentasi bog‘langan o‘sha Andrey Petkov ko‘rinadi.

Ushbu ikki syujetni ko‘rgan teletomoshabinlar junbushga kelganini aytadi.

- Ukrainadagi hodisalarga nisbatan Rossiya propagandasining uchiga chiqqan ko‘rinishi bu. Bundan ortiq sharmandalikni tasavvur qilish qiyin, - deb bildirdi Kirill Martinov.

Andrey Petkov faqat "Rossiya" va "NTV" kanallarida ko‘rinish bermagan. 9 aprel kuni u Rossiya tarafidan anneksiya qilingan Sevastopolning "NTS" telekanalida ham rol o‘ynab berdi.
XS
SM
MD
LG