Линклар

logo-print
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o'zi va Bosh vazir Dmitriy Medvedevning oylik maoshini qariyb uch barobarga oshirish to'g'risidagi farmonga imzo chekdi.

"Vedomosti" nashrining yozishicha, Medvedevning oylik daromadi ayni damda 215 ming rublni (taqriban 6030 dollar), Putinniki esa 280 ming rublni (taqriban 7850 dollar) tashkil etadi.

Dushanba kuni Kreml rasmiy saytida e'lon qilingan farmon imzolangan ondan boshlab ikkovlonning maoshlari 2,65 barobarga oshadi.

O'tgan hafta Rossiya prezidenti va hukumat vakillari 2013 yildagi daromadlari to'g'risidagi bayonnomalarini e'lon qilishgandi. Ularga ko'ra, Putin o'tgan yili 2012 yildagidan 2 million rublga kam daromad ko'rgan.

Putin matbuot kotibi oradagi farqni prezident ikki yil avval foydalanilmagan ta'tili kunlari uchun olgan puli bilan izohladi.

Bosh vazir Medvedev ham 2013 yilda oldingiga qaraganda kamroq daromad ko'rgan.


Barak Obamaning ham daromadi kamaydi

Qo‘shma Shtatlar soliq idorasi hujjatlariga ko‘ra, 2013 yilda AQSh Prezidenti Barak Obamaning daromadi kamaygan.

Bunga Obamaning kitoblari sust sotilgani sabab bo‘lgan.

Ayni paytda AQSh prezidenti 2013 yilda bir yil oldingiga nisbatan ko‘proq soliq to‘lagan.

BBC ma‘lumotiga ko‘ra, 2013 yilda Barak Obamaning daromadi 481 ming 98 dollarni tashkil qilgan va undan 20,4 foizini soliqqa to‘lagan.

2012 yilda Obamaning daromadi 608 ming 611 dollar bo‘lib, 18,4 foizi soliqqa tortilgan.

Barak Obama amerikalik boylarga soliq miqdorini oshirgani sababli o‘zi ham ko‘proq soliq to‘lashga majbur bo‘ldi.

Soliq deklaratsiyasida Barak Obama va rafiqasi Mishel Obama o‘tgan yil 59 ming 251 dollarni hayriya ishlariga sarflashgani qayd qilingan.

Barak Obamaning AQSh prezidenti sifatida oladigan yillik maoshi 400 ming dollarni tashkil qiladi (oyiga 33330 dollar).

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG