Линклар

AQSh Mudofaa vazirligi Rossiya harbiy samolyotini provokatsiyada aybladi


Qora Dengizdagi Ruminiya portiga kirgan "USS Donald Cook" AQSh harbiy kemasi

Qora Dengizdagi Ruminiya portiga kirgan "USS Donald Cook" AQSh harbiy kemasi

AQSh Mudofaa vazirligining bildirishicha, Rossiya qiruvchi samolyoti Qora Dengizdagi AQSh harbiy kemasi yaqinidan bir necha bor past balandlikda uchib o‘tgan.

Pentagon matbuot kotibi Rossiyaga tegishli harbiy samolyotning bu harakatlarini “provokatsion va noprofessional” deb baholadi. Voqea 12 aprel kuni ro‘y bergan.

Rasmiy ma‘lumotga ko‘ra, Rossiyaning Su-24 harbiy uchqichi 10 apreldan buyon Qora Dengizda suzayotgan AQSh hujumchi kemasi yaqinidan 12 marta past balandlikda uchib o‘tgan. Su-24 qurolsiz bo‘lgani aytilmoqda.

Bortida vertolyotlar bo‘lgan AQSh harbiy kemasi ayni damda Ruminiya portiga kirgan.

Bu voqea Ukrainaning Qrim yarimoroli Rossiya tarafidan anneksiya qilinishi ortidan Moskva va Vashington o‘rtasida yuzaga kelgan tanglik paytiga to‘g‘ri kelmoqda.
XS
SM
MD
LG