Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:02

O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi konsuliga nisbatan jinoyat ishi ochildi


O‘zbekistonning Bishkekdagi elchixonasi konsuli Mehriddin Hayriddinovga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda 15 aprel kuni Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi ma‘lumot berdi.

O‘zbekiston konsuli 2013 yilning 23 avgustida Bishkekdagi “Moskva” tungi klubi oldida mast ahvolda o‘z mashinasini boshqarib ketayotib boshqa avtomashina bilan to‘qnashib ketgan edi. Shundan so‘ng Hayriddinov va mashinada unga hamrohlik qilayotgan shaxs Qirg‘iziston fuqarosi Qodirovni kaltaklagan.

Joriy yilning 31 mart kuni Bishkek shahar Birinchi may tuman ichki ishlar tergovchisi uzoq davom etgan surishtiruv va tekshiruvlardan so‘ng O‘zbekiston diplomatiga nisbatan jinoyat ishi ochish haqida qaror chiqargan. Jinoyat ishi “Bezorlik” moddasi bilan ochilgan.

Mazkur ish bo‘yicha Qirg‘iziston tomoni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga o‘z vaqtida norozlik notasi jo‘natgan edi.
XS
SM
MD
LG