Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 19:04

El-Klasiko: Ispaniya kubogi finalida "Real Madrid" g'alaba qozondi


Madridning "Real" futbol klubi 16 aprel kuni o'tgan navbatdagi "El-Klasiko" uchrashuvida "Barselona" klubi ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozonib, o'z tarixida 19 bor Ispaniya kubogi sohibiga aylandi.

Uchrashuvdagi hisob 11-daqiqada "Real" yarim himoyachisi Anhel Di Maria tarafidan ochildi. "Barsa" 68-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Golga kataloniyaliklarning 23 yoshli himoyachisi Mark Bartra mualliflik qildi.

O'yin asosiy vaqtining yakunlanishiga 5 daqiqa qolganda "Real"ning 91 million yervrolik yarim himoyachisi Garet Beyl jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

O'yinning so'nggi daqiqalarida "Barsa"da hisobni yana bir bor tenglashtirish imkoniyati bo'lgandi, biroq Neymar tepgan to'p Kasilyas darvozasi ustuniga tegib qaytdi.

Shunday qilib, navbatdagi "El-Klasiko" uchrashuvi 2:1 hisobida "Real Madrid" foydasiga yakunlandi va madridliklarga Ispaniya kubogini olib keldi.

Aytib o'tish joiz, uchrashuvda "Barsa"dan Puyol va Pike, "Real"dan Ronaldu va Xeselar ishtirok etmadi.
XS
SM
MD
LG