Линклар

Alisher Usmonov yana bir bor Rossiyaning eng badavlat tadbirkori deb topildi


Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov 1953 yilda Namangan viloyatining Chust shahrida prokuror oilasida tug‘ilgan.

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov 1953 yilda Namangan viloyatining Chust shahrida prokuror oilasida tug‘ilgan.

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Forbes jurnali tarafidan har yili tuziladigan Rossiyaning eng badavlat tadbirkorlari ro‘yxtida bu yili ham peshqadamlikni saqlab qoldi.

Forbes jurnali e‘lon qilgan 2014 yilgi Rossiyaning eng badavlat tadbirkorlari reytingida mol-mulki 500 million dollardar ko‘p bo‘lgan 200 nafar rossiyalik nomi keltirilgan. Ularning 111 nafari milliarderlar.

Ushbu ro'yxatga kirganlarning umumiy boyligi 481 milliard dollarga teng.

Jurnal hisob-kitobiga ko‘ra,“Metalloinvest” metall-ma‘dan shirkati sohibi, Angliyaning "Arsenal" futbol jamoasi aktsiyalarining 30 foiziga ega bo‘lgan 60 yashar Alisher Usmonovning mulklari ayni damda 18,6 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.

Forbes jurnalining 2013 yilgi dunyodagi eng badavlat odamlar reytingida asli o‘zbekistonlik Rossiya fuqarosi Alisher Usmonov 34-pog‘onani egallagandi. Jurnalning rossiyalik eng boy tadbirkorlar ro'yxatida esa u uch yildan beri peshqadamlikni saqlab kemoqda.

Usmonov dastlabki mulkini asosan metall savdosidan topgani aytiladi. Ishbilarmonnning keyingi milliardlari esa telekommunikatsiya, media va texnologiyalar sohasidan kelmoqda.

2009 yilda Usmonovga tegishli bo‘lgan DST jamg‘armasi Facebook aktsiyalari oldi-sottisi ortidan qariyb 1,5 milliard dollar foyda ko‘rgan.

Ayni paytda Alisher Usmonov Internetdagi Mail.ru portali, “vKontakte” ijtimoiy tarmog‘i, "Kommersant" nashriyot uyi, Megafon uyali aloqa shirkatlari aksiyalariga hamda Londonning "Arsenal" futbol klubida o‘z ulushiga ega.

O‘tgan oyda tadbirkor AQShdagi ikki moliyaviy gigant - Apple va Facebook shirkatlaridagi aksiyalarini sotgani va ayni damda Xitoydagi yirik internet-savdo shirkatlari - Alibaba, JD.com va shu kabi yirik shirkatlariga pul tikayotgani xabar qilingan edi.

1953 yilda Namangan viloyatining Chust shahrida prokuror oilasida tug‘ilgan Alisher Usmonov 1976 yilda Moskvadagi Xalqaro munosabatlar davlat institutini tamomlagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yilning 6 iyulida Alisher Usmonovni “davlat oldidagi katta xizmatlari, jamoat va xayriya ishlaridagi faolligi uchun” ordeni bilan taqdirlagan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG