Линклар

Astronomlar Quyosh sistemasidan 500 yorug‘lik yili uzoqlikda Yerga o‘xshash sayyora borligi aniqlanganini iddao qilmoqdalar.

Yerdan 10 foizga kattaroq ekani aytilayotgan ushbu sayyora NASA aerokosmik agentligining orbitadagi "Kepler" teleskopi yordamida aniqlangan.

Kepler-186f nomi berilgan ushbi yangi sayyora va uning yulduzi o‘rtasida bo‘lgan masofa sayyora haroratini oshiqcha isib yoki sovib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Shundan kelib chiqib astronomlar yangi sayyorada hayot bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

NASA xodimi Eliza Kuintananing aytishicha, sayyora Quyoshdan kichikroq va quvvatsizroq bo‘lgan yulduz atrofida aylanadi.

2009 yili fazoga uchirilgan "Kepler" teleskopi shu kungacha 961ta yangi sayyorani aniqladi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG