Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:44

Futbol: Devid Moyes "Manchester Yunayted"ni tark etdi


Bir yil o'tmay iste'foga chiqarilgan Devid Moyes (o'ngda) va "Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyusson.
Bir yil o'tmay iste'foga chiqarilgan Devid Moyes (o'ngda) va "Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyusson.
Angliyaning "Manchester Yunayted" futbol klubiga so'nggi 10 oydan beri bosh murabbiylik qilib kelayotgan Devid Moyes lavozimidan bo'shatildi.

Iste'fo sabablari ochiqlanmagan bo'lsa-da, Moyesning "qizil iblislar"ni tark etishi haqidagi xabar hech kimni xayratga solgani yo'q. Chunki Premyer-liganing amaldagi chempionlari joriy mavsumni biror-bir o'ljasiz yakunlamoqda.

Bundan tashqari, 20 aprel kuni o'z stadionida "Everton" klubiga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan "MYu" so'nggi 19 yilda ilk bor Chempionlar ligasiga chiqa olmadi.

Angliyaning sport nashrlari tarqatayotgan xabarlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" joriy mavsum oxirigacha klubning veteran o'yinchisi Rayan Giggz murabbiyligi ostida bo'ladi.

Devid Moyes o'tgan yili klub bilan 6 yillik shatnoma imzolagan edi. Shartnomaning klub tarafidan muddatidan avval bekor qilinishi tufayli Moyesga 4,5 million funt (taqriban 7,5 million AQSh dollari) tovon puli berilishi aytilmoqda.

34-turdan so'ng "Yunayted" 54 ochko to'plagan holda Premyer-liganing yettinchi pog'onasida bormoqda. Klub kelasi yili na Chempionlar ligasi, na Yevropa ligasida ishtirok eta oladi.

Joriy yilgi Chempionlar ligasida chorak finalgacha yetib borgan "Manchester Yunayted" yarim final uchun kurashda "Bavariya" jamoasiga mag'lub bo'lgan edi.

Moyesni "Manchester Yunayted"ga klubning sobiq bosh murabbiyi, taniqli ser Aleks Fergyuson shaxsan taklif etgani aytiladi.
XS
SM
MD
LG