Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:55

O‘zbekiston byudjetidan 12 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ o‘g‘irlangan


Shu yilning birinchi choragida O‘zbekiston byudjetidan 12 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ o‘g‘irlangan.

O‘zbekiston Moliya vazirligining kontrol-reviziya boshqarmasi rasmiylari mamlakatdagi uch mingdan ziyod davlat korxonasida o‘tkazgan tekshiruvlar ortidan bu haqda ma‘lum qildi.

Tekshiruv o‘tkazilgan korxonalarning 89 foizida o‘g‘irliklar aniqlangan. O‘g‘irlikka mas‘ul amaldorlar va korxona xodimlari moliyaviy qoidabuzarlikda ayblanib, javobgarlikka tortilgan.

O‘zbekistonda davlat byudjeti va davlat harajatlari haqidagi ma‘lumotni ochiq manbalardan topish mushkul. O‘zbekistonda bu ochiq muloqot mavzusi emas.
XS
SM
MD
LG