Линклар

logo-print
Toshkent shahrining Labzak mavzeidagi 8 qavatli binoning 1-qavatida 23 aprel oqshomida sodir bo‘lgan portlashda kamida 4 kishi jarohatlandi. Keyinchalik bu portlash chog‘ida olingan jarohatlar tufayli bir ayol jon taslim qildi.

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan 8 qavatli "Labzak" biznes markazi binosida portlash mahalliy vaqt bilan soat 18:10 da ro‘y berdi.

Tuman Ichki ishlar bo‘limidagi manbadan olingan ma‘lumotga ko‘ra, portlashga gaz sizishi sabab bo‘lgan va natijada 4 kishi turli darajadagi kuyish jarohati bilan ToshMI shifoxonasiga yotqizilgan.

"Portlashga bino ichida gaz sizib chiqqan va natijada portlash ro‘y bergan. Halok bo‘lganlar bo‘yicha ma‘lumot yo‘q. Lekin to‘rt kishi jarohatlangan, asosan kuyganlar bor. Ulardan biri ayol kishi, uch nafari erkak kishi", degandi kecha Ozodlik manbasi.

Biroq ko‘p o‘tmay portlashdan jarohat olgan ayol jon taslim qilgani ma‘lum bo‘ldi.

Portlash ish vaqti tugab, binodagi idoralar xodimlarining binoni tark etayotgan paytiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bois, jarohatlangan soni IIB bergan raqamdan ortiq bo‘lishi mumkinligi haqida xavotirlar bor.

IIBdagi manbaga ko‘ra, hodisa ro‘y bergan kezdayoq O‘t o‘chiruvchilar, Tez yordam xizmati va militsiya bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan va zaruriy birinchi yordamni ko‘satgan. Binoning ichi va atrofidagi zudlikda evakuatsiya qilingan.


Sotsial tarmoqlar: Bino bir tomonga og‘ib qoldi

Portlash natijasida biznes markaz binosiga qattiq shikast yetgan. Toshkentdagi manbalardan olingan ma‘lumotga ko‘ra, bu binoning birinchi qavatida Aziya-Al yans bankining filiali joylashgan. Ba‘zi manbalarda binoning portlagan qismi aynan shu bankka tegishli ekani aytilmoqda.

Ozodlikka WhatsApp orqali jo‘natilgan rasmlarda binoning portlash bo‘lgan qismi to‘liq vayron bo‘lganini ko‘rish mumkin. Portlagan qism binoning burchagida va ayni damda voqea guvohlari binoning bir tomonga biroz og‘ganini ko‘rish mumkinligi haqida yozmoqdlar.

Hozircha bu boradagi xavotirlarga to‘xtalgan Podrobno.uz nashri o‘zbekistonlik mutaxassislarga tayanib, binoning qulash ehtimoli yo‘q, deb xabar qilmoqda.

Quyida Lavbzakda bo‘lgan portlash bo‘yicha Ozodlik muxbirlari aniqlagan qo‘shimcha tafsilotlarni tinglashingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG