Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:57

Chempionlar ligasi: Dastlabki yarim final o'yinida "Real" amaldagi chempionni mag'lub etdi


Madridning "Real" futbol klubi Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki uchrashuvida Myunxenning "Bavariya" klubini mag'lub etdi.

23 aprel kuni "Santyago Bernabaeu" stadionida o'tgan o'yin 1:0 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi.

Uchrashuvdagi yagona golga "Real"ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzema mualliflik qildi. Chap qanotdan Fabiu Koentrao yetkazib bergan to'pni Benzema osonlik bilan Manuel Noyer darvozsiga joyladi.


Jamoalar o'rtasidagi yarim final javob o'yini 29 aprel kuni Mnyunxendagi "Alyans-Arena" stadionida bo'lib o'tadi.

Eslatamiz, 22 aprel kuni o'tgan dastlabki yarim final juftligi o'rtasidagi uchrashuvda Madridning "Atletiko" hamda Londonning "Chelsi" jamoalari golsiz durang o'ynagan edilar.

Ushbu juftlikning javob uchrashuvi 30 aprel kuni Londondagi "Stemford Bridj" stadionida bo'lib o'tadi.

2014 yilgi Yevropa Chempionlar ligasining finali Portugaliyaning Lissabon shahridagi "Eshtadiu da Lush" stadionida o'ynaladi.
XS
SM
MD
LG