Линклар

Janubiy Koreyada o‘tgan hafta halokatga uchragan kemadan jasadlarni olib chiqish davom etmoqda. Qutqaruvchilar payshanba kuni olib chiqqan jasadlar bilan rasman halok bo‘lganlar soni 171ga yetdi. 130 odam hali ham bearak yo‘qolganlar ro‘yxatida qolmoqda.

16 aprel kuni Janubiy Koreya sohillari yaqinida cho‘kkan “Sewol” nomli kemada 470dan ortiq yo‘lovchi, ularning aksari maktab bolalari bo‘lgan. Bu bolalar o‘qigan maktab bir haftalik tanaffusdan keyin payshanba kuni yana ochildi.

Maktab eshiklari oldiga halok bo‘lgan bolalar xotirasiga seulliklar gullar olib kelishmoqda.

Halok sabablari hali ham o‘rganilmoqda. Kema ekipajining 20ga yaqin a‘zosi, jumladan, kapitan hibsga olingan. Ular turli juinoyatlar, xususan, vazifasiga loqaydlik bilan qaraganlik va yo‘lovchilarni tashlab qochganlikda gumon qilinmoqda.
XS
SM
MD
LG