Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:29

Rossiya elchixonasi O‘zbekistondagi rus teatrlari va rus tili o‘qituvchilarini parvarishlamoqda


O‘zbekiston prezidenti kremldan masofalanishga urinib keladi.
O‘zbekiston prezidenti kremldan masofalanishga urinib keladi.
Joriy yilning 23 aprel kuni “Rossotrudnichestvo” federal agentligining Toshkentdagi vakolatxonasida rus tilli teatrlarni Rossiya tarafidan qo‘llab-quvvatlanishi borasida tadbir o‘tkazildi. Bu asnoda ayni idora Toshkent va Buxoro viloyatlarida rus tili o‘qituvchilarini dastaklash yuzasidan seminarlar ham o‘tkazdi.

Oy boshida "Rossotrudnichestvo" federal agentligi rahbarlaridan biri¸ tashkilotning rus tilini qo‘llab-quvvatlash¸ yoshlar va komunikatsiya dasturi boshlig‘i Larisa Yefremova Toshkent va Samarqandga tashrif buyurgan edi.

“Rossotrudnichestvo” federal agentligining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Valeriy Kayyer, Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda, bu tadbirlardan maqsad O‘zbekistonda rus madaniyatini rivojlantirishga qaratilganligini ta‘kidladi.


“Rossiya bizga begona emas”

“Rossotrudnichestvo” rasmiy nashridagi ma‘lumotga ko‘ra¸ O‘zbekiston yoshlar teatri “Rossotrudnichestvo” federal agentligining Toshkentdagi vakolatxonasi moliyaviy ko‘magida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan “Rossiyadagi uchrashuvlar” teatr festivalida ishtirok etgan.

O‘zbekiston yoshlar teatri rahbari Nabi Abdurahmonov Ozodlik bilan suhbatda Rossiya bilan hamkorlikdan chandon hursand ekanligini aytdi.

Nabi Abdurahmonov O‘zbekistonda rus tilidagi teatrlarga moliyaviy va ma‘naviy ko‘mak bergani uchun “Rossotrudnichestvo” federal agentligiga minnatdorlik bildirdi.

Ozodlik bilan suhbatda, Nabi Abdurahmonov O‘zbekistonda rus teatr tajribasini ustuvor qilishga qaratilgan “Biz begona emasmiz” deya nomlangan davra suhbatida qatnashish baxtiga noil bo‘lganini ham fahr bilan gapirdi.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ O‘zbekiston yoshlar teatrining ikki akteri Andrey Varakuta va Odil Adibashev “Rossotrudnichestvo” moliyaviy ko‘magida Zvenigorodda bo‘ladigan yozgi o‘quv teatrga yo‘llanma olishgan.

“Rossotrudnichestvo” federal agentligi o‘tkazgan tadbirda O‘zbekiston teatr birlashmasi raisi Vali Umarov ham ishtirok etgani aytildi.


Mening og‘am rus bo‘lur...

Joriy haftada “Rossotrudnichestvo” federal agentligining Toshkentdagi vakolatxonasi Toshkent va Buxoro viloyatlarida rus tili o‘qituvchilarini dastaklash yuzasidan seminarlar o‘tkazdi.
Sovet davrida O‘zbekistonda rus tili o‘qitilishi keng qamrovli bo‘lgan.
Sovet davrida O‘zbekistonda rus tili o‘qitilishi keng qamrovli bo‘lgan.
Bundan oldin “O‘zbekistonda rus tili va adabiyotini o‘qitishning o‘ziga xosligi” degan mavzudagi turkum seminarlar o‘tkazilgan edi.

“Rossotrudnichestvo” federal agentligining Toshkentdagi vakolatxonasi O‘zbekistonda “Rus tili kuni”¸ “Slavyan yozuv madaniyati” kuni kabi tadbirlarni muntazam o‘tkazib keladi.

Bu seminar ishtirokchilariga kitob¸ DVD va boshqa texnikaviy qo‘llanmalar bepul tarqatilgani ham bildirildi.

O‘tgan oy Kremlning Qrimni anneksiya qilishi ortidan Rossiya elchixonasi panohi ostida Toshkentda o‘tkazilgan tadbirda Turkiston ishg‘oli paytida Toshkentda yashagan buyuk knyaz Nikolay Konstantinovich Romanovning mintaqa tarixidagi "buyuk xizmatlari" eslatib qo‘yilgan edi.

Toshkentdagi Rossiya Fan va madaniyat markazi vakili Linda Kayyerning Ozodlikka bildirishicha¸ suhbat davomida shaxslarning tarix g‘ildiragiga ta‘siri muhokama qilingan.


Beshinchi kollonna parvarishi

Rossiya elchixonasi shamsiyasi ostidagi rossiyaparast tashkilotlarning O‘zbekistonda faollashuvi Kreml gepolitikasining ijobi o‘laroq ko‘rilmoqda.

Moskvadagi Bolqon¸ Kavkaz va Markaziy Osiyo tadqiqotlar markazi direktori Artem Ulunyan ta‘kidiga ko‘ra¸ Rossiya o‘z orqa xovlisi deb biladigan O‘zbekistonni o‘z ta‘sir doirasidan chiqarmoqchi emas:

- Bu endi reallik. Chunki Kreml uchun Markaziy Osiyodagi davlatlarga, xususan, O‘zbekistonga ta‘sir qilish fursati keldi. O‘zbekiston bunday ta‘sirga tez beriluvchan davlat sifatida ko‘riladi,- deydi Ulunyan.

Rossiya davlat dumasi vitse spikeri Vladimir Jirinovskiy doxil rus siyosatchilarining sobiq Sovet xududlarida Rossiya hukmronligini tiklash iddaolari ortidan “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi faolligi kuchaygani o‘zbek siyosatshunoslari xavotiriga sabab bo‘ldi.

O‘zbekistonlik siyosatshunos Anvar Nazirov bu holatni “Kreml tarafidan O‘zbekistondagi rossiyaparast beshinchi kolonnani parvarishlash” deb ta‘rifladi va Rossiyaning O‘zbekistondagi agressiv aktivligini ko‘rmayotgan rasmiy Toshkentni ham aybladi.

- O‘zbekistonda birov grant oladigan bo‘lsa qattiq tekshirishadi. Nega Rossiyaning O‘zbekistondagi rus teatrlarini moliyalashi va rus tili o‘qituvchilarini dasturlar bilan ta‘minlashiga mamlakat rahbariyati panja orasidan qarayapti. Buning oqibati voy bo‘lishini nega ular tushunmayapti. Ruslar O‘zbekiston ichkarisida beshinchi kolonnani parvarish qilyapti¸- deydi suhbatdosh.



Beshinchi kollonna (isp. quinta columna) kalimasi mamlakat mustaqilligiga qarshi bo‘lgan mamlakat ichidagi fuqarolarga nisbatan ishlatiladi.

1936-yildan 1939 yilgacha davom etgan Ispaniyadagi fuqarolar urushida general Frankoga oid agentura tizimi beshinchi kolonna deb atalgan.

Hozirga kelib bu kalima mamlakat ichkarisida tashqi kuchlar parvarishlaydigan ta‘sir kuchlar va diversantlarga nisbatan qo‘llaniladi.
XS
SM
MD
LG