Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:48

Ixtirochi talaba: Telefonimga Apple va Samsung ham qiziqmoqda


Toshkent Texnika universitetining 2 kurs talabasi Sirojiddin Nasriddinov Ozodlik bilan suhbatda o‘zi ixtiro qilgan quyosh energiyasidan quvvat olib ishlovchi shaffof ekranli uyali telefoniga Apple, Epson hamda Samsung kabi dunyodagi yetakchi shirkatlar qiziqish bildirayotganini aytdi.

19 yoshli o‘zbekistonlik talaba Sirojiddin Nasriddinov o‘zi ixtiro qilgan "MX-1" nomli shaffof telefonini 25 aprel kuni Toshkentda ilg‘or g‘oyalar ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilgan taqdimot marosimida namoyish etdi.

Yosh ixtirochiga ko‘ra, taqdimot marosimida Apple, Epson, Samsung kabi dunyodagi yetakchi mobil telefon ishlab chiqaruvchi shirkatlar uning g‘oyasiga qiziqish bildirgan:

- Bu telefonning foydali ish koeffitsiyenti juda yuqori. Shuning uchun qiziqish katta bo‘lyapti. Apple, Epson hamda Samsung shirkatlari shartnoma tuzish maqsadida bizga vakillarini yuborishdi. Ularni hozircha rad qildik. Chunki maqsadimiz mobil telefonini O‘zbekistonning o‘zida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. Hozir O‘zbekistondagi uyali telefon ishlab chiqaruvchi Artel shirkati ham qiziqyapti. Biz shu shirkat bilan bu telefonni O‘zbekistonni o‘zida ishlab chiqarishni rejalayapmiz, - deydi Nasriddinov Ozodlik bilan suhbatda.

Avvalroq O‘zbekistondagi bir qancha nashrlar yosh talaba quyosh energiyasi bilan ishlovchi shaffof telefon ixtiro qilgani haqida xabar bergan edi.

Sirojiddin Nasriddinovning Ozodlikka aytishicha, telefon tashqi zarbaga chidamli shishadan yasalgan, sensorli shaffof ekrani telefonni har ikki tarafidan foydalanish imkonini beradi.

Telefon oddiy batareyaga qo‘shimcha tarzda nanoplyonka orqali quyosh energiyasidan quvvat oladi.
Lekin, mutaxasislarga ko‘ra, Sirojiddin ixtiro qilgan telefon bir qarashda har xil mobil telefonlardan yig‘ilgan qo‘lbola uskunaga o‘xshab ketadi, hatto batareyasi ham Samsung telefoniniki.

Buni qanday tushinish mumkin, deb so‘raymiz o‘zbekistonlik ixtirochidan.

- Tashqi ko‘rinishidan shunday ko‘rinadi. Bu tadqiqotimizni umumiy majmuasi. Bunga shunchaki sinov uchun xohlagan batareyani o‘rnatib turdik. Xohlagan texnikamizdan foydalanganmiz. Lekin buni laborotoriya varianti ham bor. Buni biz hozircha sir saqlayapmiz. Buni hammasini ko‘rsatsak "nou xau" yo‘qoladi. Sotuvga chiqsa, qo‘llaringizga yetib borsa, bu kashfiyot haqida ko‘proq tasavvurga ega bo‘lasizlar, - deydi Sirojiddin.
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:52 0:00
Бевосита линк


Quyosh energiyasida ishlovchi telefon yangilik emas. iPhone va boshqa telefon apparatlari uchun bir necha yil avval quyosh batareyalari ishlab chiqilgan.

Mutaxassislar ko‘p yillardan buyon shaffof smartfonlarni yaratish yo‘lida ham izlanishlar olib borishmoqda.

Tayvandagi shisha maxsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Polytron” shirkati o‘rtacha sensorli ekranga ega shaffof telefonni o‘tgan yil yozida Barselona shahrida Mobile World Congress ko‘rgazmasida taqdim etgan edi.
XS
SM
MD
LG