Линклар

O‘tgan asr boshlarida Atlantika ummonida halokatga uchragan “Titanik” kemasi yo‘lovchilaridan birining kema bortidan turib Londondagi onasiga yozgan maktubi Britaniyadagi kimoshdi savdosida 150 ming AQSh dollariga sotilishi mumkin.

Xat “Titanik” kemasi cho‘kishidan bir necha soat oldin Ester Xart ismli yo‘lovchi tarafidan yozilgan.

Yo‘lovchining o‘z onasiga yozgan maktubi kema cho‘kayotgan paytda erining paltosini cho‘ntagida bo‘lgan.

Ester Xart va 7 yoshli qizi kema halokatidan omon qoldi. Lekin, eri suvga cho‘kib halok bo‘ldi.

Cho‘kishidan oldin u paltosini rafiqasiga kiygizgan.
XS
SM
MD
LG