Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:43

OzodBozor: Rastalar gavjum, ammo narx qimmat


Toshkent bozorlarida bahorgi gavjumlik kuzatilmoqda. Ba‘zi mavsumiy mahsulotlarning bozorga kirishi, ayrim mahsulotlarning esa kamayishi narxlarga o‘z ta‘sirini o‘tkazayapti.

Bozorlarga qulupnay va dovuchcha oraladi

Qulupnay sotuvchisi Saodat ayaning aytishicha, aprel oyi oxirlarida yangi qulupnay narxi juda baland bo‘lishiga qaramay, xaridor arimayotkan ekan:

- To‘g‘risini aytsam, qulupnaylar qimmat. Masalan, maydalari 11 000 – 12 000 so‘mdan ketayapti. O‘rtachalari 20 000 atrofida, mundayroq kliyentlar kelsa, mana marhamat - yiriklari 30 000 dan bor. Xudoga shukur, savdo yaxshi, odamlar yangilik, deb olishyapti, dedi Saodat aya.

Ne‘mat ota esa dovuchcha sotish bilan mashg‘ul. Uning aytishicha, ayni kunda savdo qizg‘in.

- Dovuchcha Qashqadaryoniki. Tuklisining bir stakani 1 500 so‘mdan. Kilosini esa 12 000 so‘mdan sotayapmiz. Tuksizi esa 2 000 so‘m, kilosini 15 000 so‘mdan berib yuboraveramiz. Savdo yaxshi, ko‘z tegmasin. Buni homilador ayollar oilalari so‘rab, ko‘p kelib turishipti, - deydi Ne‘mat ota.

Sabzining narxi ikki barobar oshdi

Bozorlarda qizil va sariq sabzi anchagina kamayib qolgan, narxlari esa ko‘tarilgan. Buni sabzavot sotuvchi Hosilatxon quyidagicha izohlaydi:

- Endi buni saqlashning o‘zi oson emas, o‘ralarda ivib ketayapti. O‘zi har yili yangi sabzi chiqishi arafasida shunday oshib ketadi narxi. Avval 1000 – 1200 so‘mdan sotayotgan bo‘lsak, hozir 2 000 so‘mga chiqib ketdi sabzining narxi. Biz olibsotar bo‘lsak, qaysi narxda olib kelishsa, ustiga foydamizni quyib sotaveramiz, - deydi Hosilatxon sabzi narxining oshishi sotuvchilarga bog‘liq emasligini aytarkan.

Yangi kartoshka safiga yangi piyoz ham qo‘shildi

Kartoshka shu kunda Toshkent bozorlarida 3000 - 3500 so‘m atrofida sotilmoqda. Yangi piyoz narxi esa 2 000 so‘mdan tushayotgani yo‘q.


Toshkentning Yunusobod bozordagi mahsulotlarning dam olish kungi narxi

Mahsulot turiNarxi
Mol go‘shti (suyakli) – 1 kg23 000 so‘mdan 24 000 so‘mgacha
Mol go‘shti (lahm) – 1 kg 26 500 so‘mdan 27 500 so‘mgacha
Qo‘y go‘shti – 1 kg25 500 so‘mdan 27 500 so‘mgacha
Tovuq go‘shti (brillo) – 1 kg9 500 so‘mdan 11 500 so‘mgacha
Shakar – 1 kg2 800 so‘m
Tuz (yodlangan) – 1 kg 1 100 so‘mdan 1 200 so‘mgacha
O‘simlik yog‘i – 1 litr5 200 so‘mdan 5 500 so‘mgacha
Un (Oltin don) – 1 kg 2 000 so‘mdan 2 200 so‘mgacha
Sariyog‘ (har xil turdagi) – 1 kg7 500 so‘mdan 27 500 so‘mgacha
Kartoshka – 1 kg3 000 so‘mdan 3 500 so‘mgacha
Sabzi – 1 kg2 000 so‘m
Piyoz – 1 kg2 000 so‘m
Guruch (har xil nav) - 1 kg3 500 so‘mdan 6 500 so‘mgacha
Pomidor - 1 kg8 500 so‘mdan 9 000 so‘mgacha
Bodring (Orzu) - 1 kg5 000 so‘mdan 6 500 so‘mgacha
Tandir non (shu jumladan, patir) - 1 dona700 so‘mdan 3 500 so‘mgacha
XS
SM
MD
LG