Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:46

Oltiariq tumanida uzumlarni sovuq urdi


Bu yil O‘zbekistonda qish qattiq kelgani bois ayrim viloyatlarda anor, anjir va uzumlarni sovuq urdi. Farg‘ona viloyatidagi muxlislardan biri Ozodlikka Oltiariq tumanida uzumlarning qariyb 80 foizini sovuq urgani bois dehqonlar uzum ko‘chatlarini kesib tashlaganini gapirib berdi.

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida uzum yetishtirish bilan shug‘ullanadigan Yusufberdi, Ozodlik bilan suhbatda, bu yil qish qattiq kelib havo harorati -20 darajadan pasaygani bois tumandagi ko‘milmagan uzumlarning qariyb 80 foizi qurib qolganini, aytdi.

- Bu yil qish qattiq keldi. Uzumlarga ta‘sir qildi. Uzumlarni sovuq oldi. Misol, Oltariqda 20 foiz joyda uzum bor, qolgan joylarida uzumlarni sovuq urdi. 5-10 sotihli, katta bog‘lardagi uzumlarni sovuq urdi. Yangi ko‘milmagan uzumlarning hammasi sovuq urib ketdi. Ko‘milgan uzumlar sog‘. Tsentr terriroriyasida uzum ko‘p emas, o‘rtacha. Cho‘l tomonlarda, dala tomonlarda uzumlarni soquv urib ketdi. Farg‘ona kanalining past tomonida umuman uzum yo‘q,- deydi Yusufberdi.

Unga ko‘ra, hozirda dehqonlar o‘z tomorqa va bog‘laridagi qurib qolgan uzum ko‘chatlarini kesib tashlamoqda.

Lekin O‘zbekistonda bu yilgi qish mavsumi nisbatan sovuq kelganiga qaramay, ba‘zi viloyatlarda ahvol Oltiariqchalik ayanchli emas.

Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanidagi agronom Ibrohim Yo‘ldoshev Ozodlik bilan suhbatda o‘zi yashaydigan hududda havo harorati -30 darajagacha pasaygan bo‘lsa ham uzumlar saqlanib qolgan.

- Sovuq urmadi. Bizda uzum, o‘rik, shaftoli hammasi gulladi. Uzum hosili ham yaxshi,- dedi to‘rtko‘llik agronom.

Biroq Ibrohim Yo‘ldoshev qish sovuq kelgani hisobiga uzum pishig‘i odatdagidan ikki haftaga kechikayotganini qo‘shimcha qildi.

Uzum yetishtirishga iqtisoslashgan Toshkentdagi "HUMSAN AGRO FRUIT" fermer xo‘jaligi raisi Saidazim Saitov Bo‘stonliq tumanidagi tog‘ etagida joylashgan fermer xo‘jaligi yerlaridagi uzumlarni sovuqdan omon chiqqani, biroq Toshkentdagi xovlisiga ekkan uzumini sovuq urganini aytdi.

- Tog‘li joy bo‘lgani uchun qor tushganidan keyin qorning tagida yotaveradi. Ikki kun oldin ko‘rib keldim. Uzumlar juda yaxshi ko‘kargan. Ayrim joylarda uzumni sovuq urgan. Misol uchun Toshkentdagidagi xovlimda uzum bor. Yarmini sovuq urgan. Bo‘stonliq tumanidagi uzumlar qishdan juda yaxshi chiqqan,- dedi "HUMSAN AGRO FRUIT" fermer xo‘jaligi raisi Saidazim Saitov.

Oltiariq Farg‘ona vodiysi hamda Toshkent bozorlariga uzum yetkazib beradigan mintaqa hisoblanadi va u yerda xo‘l mevani sovuq urib ketgani uzumning bozordagi narxini oshirib yuborishi mumkinligi aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG