Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:00

Chempionlar ligasi: "Bavariya"ga javobsiz to'rtta gol urgan "Real Madrid" finalga chiqdi


Madridning "Real" futbol klubi 29 aprel kuni safarda Myunxenning "Bavariya" klubini 0:4 hisobida mag'lub etib, 2014 yilgi Yevropa Chempionlar ligasining ilk finalchisiga aylandi.

Myunxendagi "Alyans Arena" stadionida bo'lib o'tgan yarim final javob uchrashuvidagi gollarga Serhio Ramos va Krishtianu Ronaldu mualliflik qildilar. Ikkala futbolchi ham raqib darvozasini ikki martadan ishg'ol eta oldi.

24 aprelda Madridda bo'lib o'tgan dastlabki yarim final o'yinida "Real" 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

Shunday qilib, Chempionlar ligasi joriy mavsumidagi gollari sonini 16taga yetkazgan Ronaldu ushbu ko'rsatkich bo'yicha "Barselona" hujumchisi Lionel Messini ortda qoldirib, musobaqa tarixidagi yangi rekordchiga aylandi

Messi 2011/12 yilgi mavsumdagi Chempionlar ligasi uchrashuvlarida 14 marta gol urishga muvaffaq bo'lgandi.

"Real" 24 mayga belgilangan Chempionlar ligasi finalida "Atletiko" va "Chelsi" juftligi g'olibi bilan bellashadi. Ushbu juftlik o'rtasidagi yarim final javob uchrashuvi bugun, 30 aprel kuni Londonda bo'lib o'tadi. Dastlabki uchrashuvda 0:0 hisobidagi durang qayd etilgan edi.

Yarim finalda "Bavariya"ni mag'lub etgan "Real" Chempionlar ligasi finaliga 13 bor chiqmoqda (so'nggi bor 2002 yilda). Final o'yinlarida madridlik klub 9 marta g'alaba qozonib, uch marta mag'lub bo'lgan.

"Bavariya" - "Real Madrid: 0:4
XS
SM
MD
LG