Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:50

"Barselona" hujumchisiga banan irg‘itgan futbol ishqibozi hibsga olindi


Ispaniya politsiyasi "Barselona" jamoasining braziliyalik o‘yinchisiga banan irg‘itgan futbol ishqibozini hibsga olgan.

Yakshanba kuni "Barselona" va "Villareal" jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yini payti stadionda o‘tirgan ishqibozlardan biri burchak to‘pini tepayotgan 30 yoshli braziliyalik o‘yinchi Dani Alvesga qarata banan irg‘itgan va bu bilan uni irqiy kamsitgan edi.

O‘z navbatida Alves irqchi ishqibozga bananni yerdan olib, yeb qo‘yish bilan javob qilgandi.

Futbol ishqibozining bu qilmishi irqiy kamsitish deya, futbol olamida qattiq qoralanmoqda.
XS
SM
MD
LG