Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:44

"Atletiko Madrid" Yevropa Chempionlar ligasi finaliga chiqdi


Madridning “Atletiko” futbol klubi 2014 yilgi Yevropa Chempionlar ligasining ikkinchi finalchisiga aylandi.

Chorshanba kuni Londondagi “Stemford Bridj” stadionida o‘tgan yarim final javob uchrashuvida madridliklar mezbon jamoa “Chelsi”ni 1:3 hisobida mag‘lub etdilar.

Uchrashuvdagi hisob 36-daqiqada mezbonlar hujumchisi Fernando Torres tarafidan ochildi. “Atletiko” markaziy hujumchisi Adrian Lopes birinchi bo‘lim so‘nggida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda mehmonlar “Chelsi” darvozasini yana ikki bor ishg‘ol eta oldilar. Gollar Diyego Kosta va Adra Turan tarafidan kiritildi.

Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki yarim final uchrashuvi 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.

Shunday qilib, “Atletiko” klubi 24 may kuni Lissabon shahrida o‘tadigan Chempionlar ligasi final uchrashuvida yana bir madridlik klub - “Real” bilan bellashadi.

"Real Madrid" yarim final bellashuvida Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi "Bavariya"ni mag‘lub etib, finalga yo‘llanma olgan edi.

"Chelsi" - "Atletiko" 1-3
XS
SM
MD
LG